Dunyoda toʻrt hafta ichida koronavirusdan oʻlim koʻrsatkichlari 8 foizga kamaydi — JSST
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotida qayd etilishicha, shu yil 9-yanvardan 5-fevralgacha 10 million 458 mingdan ortiq kishiga koronavirus tashxisi qoʻyilgan. Ulardan 90 ming 520 nafari kasallik oqibatida hayotdan koʻz yumgan.
Bu raqamlar oʻtgan 4 hafta ichida Yer yuzida SOVID-19 ni yuqtirish holatlari 89 foizga, oʻlim holatlari esa 8 foizga kamayganini ifodalaydi.
28 kun davomida eng koʻp bemorlar aniqlangan mamlakatlar:
Xitoy — 3,48 million,
Yaponiya — 2,43 million,
AQSH — 1,32 million,
Janubiy Koreya — 736 ming,
Braziliya — 389 ming nafar.
Eng koʻp oʻlim holatlari qayd etilgan davlatlar:
Xitoy — 40 812,
AQSH — 15 294,
Yaponiya — 9 874,
Buyuk Britaniya — 2 671,
Braziliya — 2 566 nafar.
JSSTning tavsiyasiga koʻra, koronavirusni jilovlash va pandemiyani bekor qilishga erishish uchun dunyo aholisining katta qismi toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishi zarur.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring