Dunyoda koronavirusning 4 mingga yaqin shtammi tarqalgani maʼlum qilindi

18:00 04 Fevral 2021 Dunyo
876 0

Dunyoda koronavirusning 4 mingga yaqin turli shtammlari tarqalgan.

Bu haqda Buyuk Britaniya biznes, energetika va sanoat strategiyasi vaziri oʻrinbosari Nadim Zaxaviga asoslanib, “Sky News” xabar bermoqda.

Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda vaksina ishlab chiqaruvchilar — “Pfizer” va “BioNTech“, ”Moderna”, Oksford universiteti va “AstraZeneca” har qanday yangi shtammga qarshi samarali taʼsirga ega preparat tayyorlash borasida izlanishlarni davom ettirmoqda.

Avvalroq, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson koronavirusning “britancha” shtammida oʻlim koʻp qayd etilishini aytgan edi. Jonsonning soʻzlariga koʻra, u bilan zararlangan har ming kishidan taxminan 13-14 nafari vafot etadi.

Oʻz navbatida, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti “britancha” shtammda oʻlim koʻrsatkichining oshishi mamlakat sogʻliqni saqlash tizimi haddan tashqari bosim bilan ishlayotgani bilan bogʻliq boʻlishi mumkinligini bildirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер