Dunyoda koronavirus yuqtirganlar 110 million nafarga yaqinlashdi
JSST maʼlumotlariga koʻra, oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasidan 8 ming nafardan ortiq bemor vafot etdi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 109 million 217 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 412 mingdan ziyod kishi vafot etgan . Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 348 150 yangi holati aniqlandi, 8 251 nafar bemor vafot yetdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (18.02.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 10:22 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 109 million 901 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 430 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 27,433 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (10,937 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (9,866 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,112 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,058 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 95 902, Hindistonda 11 610, Braziliyada 32 197, Rossiyada 12 828, Buyuk Britaniyada esa 10 625 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring