Dunyoda koronavirus. AQSH Xitoyni ayblamoqda va boshqa yangiliklar

23:16 22 Aprel 2020 Dunyo
1474 0

Illyustrativ surat

— Jon Xopkins universiteti bergan maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni qariyb 2,6 mln. nafarga yetdi, 179 ming bemor vafot etgan, 698 ming bemor esa tuzalgan.

— AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo Xitoy hukumati JSSTni yangi koronavirus tarqalishi haqida oʻz vaqtida xabardor qilmaganini taʼkidladi.

— AQSHda virusni yuqtirganlar soni 826 mingdan oshib ketdi, 45 mingdan ziyod inson hayotdan koʻz yumdi, eng ogʻir vaziyat Nyu-York shtatida — bemorlar soni 258,5 ming, qurbonlar 19,1 ming nafar

— Fransiyaning Renault avtokonserni koronavirusdan keyin mamlakatdagi barcha zavodlari faoliyatini qayta tiklaydi.

— Britan hukumati muxolifatning aholiga pul tarqatish toʻgʻrisidagi taklifiga qarshi chiqdi, mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri tojdor virus tarqalishi oʻzining choʻqqisiga chiqqanini maʼlum qildi.

— Zelenskiy Ukrainada tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni tanqid qildi. U pandemiya sharoitida samarasiz ekanligini qayd etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер