Dunyoda 1,8 milliard odam koronavirusni yuqtirish xavfi ostida — JSST
Illyustrativ foto
Kasalxonalardagi suv taʼminoti bilan bogʻliq muammolar sababli dunyo boʻylab 1,8 milliardga yaqin odam “Covid-19” hamda boshqa yuqumli kasalliklarga yuqori chalinish xavfi ostida.
Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Tashkilot maʼlumotlariga koʻra, dunyodagi har toʻrtinchi tibbiyot muassasasida suv taʼminoti mavjud emas, har uchinchisida esa zarur gigiyena vositalari yoʻq.
“Suv, sanitariya hamda gigiyena sogʻliqni saqlash xodimlari, shuningdek, bemorlarning xavfsizligi uchun juda muhim omil hisoblanadi. Ammo bu xizmatlarga har doim ham ustuvor ahamiyat berilmaydi”, deyiladi xabarda.
JSST Bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesusning soʻzlariga koʻra, tibbiyot xodimlarining tegishli gigiyena sharoitlariga ega boʻlmagan muassasalardagi faoliyati himoya vositalarisiz ishlashga tengdir.
Uning taʼkidlashicha, suv taʼminoti, sanitariya hamda gigiyena koronavirusga qarshi kurashda asosiy rol oʻynaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring