DTM kirish testlarining soxta toʻplamlari sotuvga chiqmoqda

21:10 03 Aprel 2022 Jamiyat
1337 0

Foto: Illustrativ foto

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat test markazi tomonidan yangi test topshiriqlari toʻplamlari nashr etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Davlat test markazi holatga munosabat bildirib, bu toʻplamlar soxta ekanini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, DTM tomonidan “Davr press” nashriyoti bilan hamkorlikda 2019 va 2020-yillarda umumtaʼlim fanlaridan test topshiriqlari toʻplamlari chop etilgan. 2021-yilda bu turdagi toʻplamlar chiqarilmagan.

“Davlat test markazi nomi bilan soxta qoʻllanma chiqarish qonunga xilof, albatta. Bu boʻyicha tegishli organlarga murojaat qilamiz. Chunki bu savollarning saviyasini koʻrib, odamlar DTMning savollar shunday ekan, deb oʻylab qolishi tabiiy”, — dedi DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер