Dolzarb qonun loyihasi muhokama qilindi

20:30 15 May 2023 Siyosat
632 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston Ekologik partiyasi fraksiyasining navbatdagi yigʻilishida bir qator qonun loyihalari obdon muhokama qilindi.

Dastlab, “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan “Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, mazkur qonun loyihasida oʻlchash vositalarini qiyoslash xizmatlari davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari tomonidan koʻrsatilishiga ruxsat berish taklif etilmoqda.

Shuningdek, loyiha bilan oʻlchash natijalari davlat ahamiyatiga ega boʻlgan oʻlchash vositalari turkumlarining roʻyxati Hukumat tomonidan tasdiqlanishi belgilanmoqda. Fraksiya aʼzolari tomonidan qonun loyihasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berilib, qoʻllab-quvvatlandi.

Yigʻilishda “Maʼmuriy jarimalarni ijro etish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasining muhokamasi ham qizgʻin kechdi.

Qonun loyihasi orqali Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan maʼmuriy jarimalarning oʻz vaqtida undirilmaganligi yuzasidan Majburiy ijro byurosi tomonidan qoʻllaniladigan maʼmuriy jarima miqdori undirilishi lozim boʻlgan summadan yuqori boʻlishi mumkin emasligi belgilanmoqda.

Shu bilan birga, loyihada sohada turli suisteʼmolchiliklarning oldini olinish maqsadida Majburiy ijro byurosi nomidan maʼmuriy jarima qoʻllash vakolatiga ega boʻlgan shaxslar doirasi aniq koʻrsatilyapti.

Fraksiya aʼzolari qonun loyihasi boʻyicha bir qator takliflar berib, ushbu hujjat loyihasini maʼqulladilar.

Savol-javoblarga boy boʻlgan yigʻilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar atroflicha koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер