Dollarning rasmiy kursi yana arzonlashdi

14:31 04 Mart 2019 Iqtisodiyot
1460 0

Illyustrativ foto

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 5 martdan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 10 soʻm 23 tiyinga arzonlashib, 8392 soʻm 96 tiyinga yetgan.

Yevro kursi esa 16 soʻm 9 tiyinga qimmatlashib, 9546 soʻm 15 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 29 tiyinga qimmatlashib, 127 soʻm 32 tiyinga yetgan. 1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 112 soʻm 55 tiyinga qimmatlashib, 11 080 soʻm, 39 tiyinni tashkil qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, dollar kursi ketma-ket ikki hafta — avvaliga, 6 soʻm, 38 tiyinga, oʻtgan hafta esa 2 soʻm, 95 tiyinga arzonlashib, oʻtgan haftada salkam 11 soʻmga qimmatlashgandi.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер