Sirdaryoda salkam 4,5 ming dollar o‘g‘risi qo‘lga olindi
22 may kuni Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida yashovchi A.J. IIBga murojaat qildi, deb yozmoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Qayd qilinishicha, shu yil 1 maydan 18 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs A.J.ning uyiga hech kim yo‘qligidan foydalanib kirib, yotoqxonasidan 4 000 AQSH dollari va 2 mln. 900 ming so‘m pulini o‘g‘irlab ketgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni tumanning Birdamlik ko‘chasida yashovchi Z.J. sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olingan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring