DNK ekspertizasining narxi qancha?

15:31 12 Noyabr 2020 Jamiyat
2677 0

Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi laboratoriya mudiri Asilbek Normatov DNK ekspertizasining narxini maʼlum qildi.

"Bizning markazdagi odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi laboratoriyasida fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar tomonidan tayinlangan ekspertizalar va fuqarolarning murojaatlariga koʻra oʻtkaziladigan tadqiqotlar belgilangan tarifga binoan toʻlov asosida oʻtkaziladi.

Pullik xizmatlarni koʻrsatish Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Tariflar asosida amalga oshiriladi.

Tadqiqot narxini belgilashda tadqiqotning murakkabligi, tekshiriladigan obyektlarning soni hamda ushbu tadqiqotga sarflanadigan reagentlar inobatga olinadi.

Hozirgi kunda ushbu toʻlovlarning 3 xil tarifi belgilangan.

Oddiy tadqiqotlar — 2 083 707 soʻm,

oʻrtacha qiyinlikdagi tadqiqotlar — 4 021 189 soʻm,

murakkab tadqiqotlar uchun — 6 214 564 soʻm qilib belgilangan.

Bu albatta tadqiqot obyektlaridan kelib chiqib belgilanadi. Misol uchun tirik shaxslarning qon yoki soʻlak namunalari 5 tagacha boʻlganda tadqiqotni minimal narxda toʻlanadi, yaʼni 2 083 707 soʻm. Bundan koʻrinib turibdiki, bu summaga ota, ona va 3 farzandning DNK tahlilini olish imkoni mavjud", deydi mutaxassis.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер