DXMda milliylik va zamonaviylik uygʻun

15:41 27 Dekabr 2019 Jamiyat
2344 0

Xiva shahar zamonaviy davlat xizmatlari markaziga kirgan kishi milliy ruhdan bahra olgan zamonaviylikni his qiladi.

Xabaringiz bor, mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan aholiga Davlat xizmatlari koʻrsatishda mutlaqo yangi tizim hayotga tatbiq etildi. Bu Davlat xizmatlari agentligi va uning hududlarda yangi tashkil etilgan markazlaridir.

Bugun Davlat xizmatlari agentligi tomonidan uning tasarrufida boʻlgan DXMlar infratuzilmasiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Respublikamizning barcha hududida yangi zamonaviy va har tomonlama qulay Davlat xizmatlari markazlari binolari foydalanishga topshirilmoqda.

Xususan, Xiva shahar Davlat xizmatlari markazi yangidan qurilib, butunlay oʻzgacha ruhda barpo etilgan boʻlib, unda siz milliylik va zamonaviylikning uygʻunlashgan holatining guvohi boʻlasiz.

Keng va yorugʻ xonalar, naqshinkor devor, markazga kelgan har bir kishini oʻziga jalb etmasdan qolmaydi.

Binoda murojaat qiluvchi aholiga barcha qulayliklar yaratib qoʻyilgan boʻlib, investorlarni kutib olishga moʻljallangan muzokara zali, kitobxonlar uchun kutubxona, yosh bolali onalar farzandlari uchun oʻyinchoqlar bilan toʻldirilgan maxsus xona, shuningdek, ovqatlanish xonalari ham mavjud.

Darhaqiqat ovqatlanish xonasida oʻzbek mentalitetiga xos boʻlgan supa joylashtirilgan boʻlib, bu yerga kelganlarni oʻziga chorlaydi. Albatta ushbu sharoitlarning bari yurtdoshlarimizning davlat xizmatlaridan koʻngli toʻlib va unumli foydalanishlari yoʻlida qilinayotgan saʼy-harakatlardir.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Xiva shahrida jami 91 mingdan ziyod aholi istiqomat qilib kelmoqda, bugungi kunda shahar Davlat xizmatlari markazi tomonidan jami 36 mingdan ortiq xizmatlar koʻrsatilgan boʻlib, shundan 1 030 ga yaqini sayyor tartibda amalga oshirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер