“Dilshod” ansambli Ruminiyaga boradi

10:12 28 Iyul 2025 Jamiyat
190 0

Qudratilla NAJMIDDINOV/“Xalq soʻzi”. Toʻraqoʻrgʻon tumani madaniyat boʻlimi qoshida faoliyat yuritayotgan “Dilshod” ashula va raqs xalq ansamblining dovrugʻi butun respublikaga yoyilgan. Unga jamlangan iqtidor egalari tomonidan ijro etilayotgan qoʻshiq va raqslar koʻngil toʻridagi nozik tuygʻularni uygʻotadi.

Ushbu ansambl jamoasi oʻtgan oyning oxirgi haftasida Qirgʻiz Respublikasining Issiqkoʻl shahrida oʻtkazilgan “Dunyo xalqlari doʻstligi — 2025” xalqaro tanlovida birinchi oʻrinni egallab, joriy yil sentyabrida Ruminiya davlatida boʻlib oʻtadigan xalqaro tanlov yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi.

Yaqinda “Dilshod”ga navbatdagi nufuzli tanlov tashkiliy qoʻmitasining taklifnomasi keldi. Toʻraqoʻrgʻonlik isteʼdodlar endi Ruminiyada oʻzbek sanʼatining oʻziga xos qirralarini namoyish etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер