Deputat onasiga bogʻcha ochib berdi
Yakkabogʻ tuman Kengashi deputati Nargiza Salomova onasi Gulnora momo Mavlonovaga tumandagi Jambul MFY, At-Termiziy koʻchasidagi uyda oilaviy bogʻcha ochishga koʻmaklashdi. Bu haqda OʼzLiDeP Qashqadaryo viloyat Kengashi matbuot xizmati xabar berdi.
Gap shundaki, deputatning onasi 61 yoshda boʻlib, ayni paytda nafaqada. Qizi boʻsh turgan 8 xonali uyda oilaviy bogʻcha ochishni taklif etganida u bajonidil rozi boʻldi, «Baribir uy boʻsh turibdi, oʻzim bekor yuribman, undan koʻra, elga nafim tegsin-da» dedi. Gulnora Mavlonova kutubxonachi boʻlgan, taʼlim-tarbiya sohasini yaxshi tushunadi. 3 nafar farzandi, 5 nafar nabirasi bor.
— Onamga bogʻcha ochib berganim uchun qoʻni-qoʻshnilar, mahalladoshlar menga minnatdorlik bildirishdi, — deydi Nargiza Salomova. — Sababi mahallamizdan 25 nafar bola oilaviy MTMga qabul qilindi. Yana 10 nafar bola navbatda turibdi. Agar ruxsat berishsa, navbatda turgan bolalar ham bogʻchaga qabul qilinadi.
Oilaviy bogʻchada 3 nafar xotin-qizning bandligi taʼminlandi.
Bugun Yakkabogʻ tuman Kengashi deputati Nargiza Salomovaning tashabbusi bilan, Jambul mahallasi, At-Termiziy koʻchasida 25 oʻrinli oilaviy bogʻcha tashkil qilindi. Mavlonova Gulnora 1960-yilda tugʻilgan.3 nafar qizi,5 nafar nabirasi bor
Bolalar bogʻchasining ochilish marosimida tuman Kengashi deputati N.Salomova soʻzga chiqib, bolalarni bayram bilan tabrikladi.
Bogʻchaning birinchi ish kuni munosabati bilan bolajonlar uchun bayram dasturxoni yozildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring