Departament Beshariqda yaroqsiz alkogol mahsulotlarini fosh qildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Beshariq tumanidagi savdo doʻkonida isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlari sotilayotganini aniqladi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Beshariq tumani boʻlimi va soliq inspeksiyasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “M.A.” oilaviy korxonasiga qarashli savdo doʻkoni tekshirilgan.
Shunda doʻkonda qalbaki aksiz markali turli nomdagi jami 2 ming 649 dona alkogol hamda 13 turdagi 329 quti tamaki mahsulotlarini sotuvga qoʻyilganligi aniqlanib, umumiy bahosi 97 million soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida olingan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring