“Davlatimiz uchun milliy birdamlik zarur...” — Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan isteʼfoga chiqdi
Foto: Sputnik
Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan isteʼfoga chiqdi.
Shu haqdagi tegishli bayonot davlat rahbari saytida eʼlon qilindi. Sarkisyanning aniqlik kiritishicha, uning qarori hissiyotlar bilan belgilanmagan.
“Davlatimiz uchun milliy birdamlik zarur boʻlgan bugungi ogʻir pallada prezident instituti gʻiybat va fitna nazariyalari obyektiga aylaniashi, bu jamoatchilik eʼtiborini eng muhim masalalardan chalgʻitishi kerak emas”, deyiladi bayonotda.
Sarkisyanning aytishicha, mamlakatda maqsadi davlat rahbari boʻlgan muayyan siyosiy guruhlar mavjud. Ularni prezidentning shaxsiy hayoti qiziqtiradi.
"Bu "tashvish" meni axloq chegarasidan tashqariga chiqaradi, pirovardida bular mening sogʻligʻimga bevosita taʼsir qiladi", deydi u.
Yakunda u barcha fuqarolarga mamlakat uchun ogʻir kunlarda koʻrsatgan matonati, chidamliligi, sabri va jasorati uchun, shuningdek, harbiylarga ham alohida minnatdorlik bildirdi. Sarkisyan 2018-yilning 9-aprelidan buyon Armanistonni boshqarib kelayotgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring