Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslar (xususiy sektor)ga oʻlchash vositalarini qiyoslash xizmatlarini koʻrsatish huquqi berilyapti
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻlchash vositalarini qiyoslashdan oʻtkazish sohasiga xususiy sektor jalb qilinishi munosabati bilan «Metrologiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Qonun loyihasi bilan metrologiya xizmatlarini koʻrsatish sohasiga xususiy sektorni keng jalb qilish hamda eksklyuziv huquqlarni bekor qilish orqali mavjud monopoliyalarni bartaraf etish maqsadida davlat metrologiya nazoratini tashkil etish va sohada xizmatlarni koʻrsatish funksiyalari belgilanmoqda.
Qonun loyihasi bilan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hisoblanmaydigan yuridik shaxslar (xususiy sektor)ga oʻlchash vositalarini qiyoslash xizmatlarini koʻrsatish huquqi ham berilyapti. Bu oʻz navbatida, tadbirkorlik subyektlarining faoliyat sohasini kengaytirishga, metrologiya xizmatlarini koʻrsatish bozorida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.
Uzoq davom etgan savol-javoblar, bahs-munozaralardan soʻng, qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring