Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlarining maoshi oshadi

18:54 10 Mart 2020 Jamiyat
8646 0

“Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori (135-son, 09.03.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
 

Qarorga muvofiq, 2020-yil 1-apreldan boshlab tuman (shahar) maktabgacha taʼlim boʻlimlari ushbu hududdagi bogʻchalar sonidan kelib chiqib, I, II va III guruhlarga ajratiladi va shu asosda maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash tartibi takomillashtiriladi.

Qaror bilan kiritilgan oʻzgartirishlarga asosan Davlat maktabgacha taʼlim tizimi xodimlari mehnatiga haq toʻlashning bazaviy tarif stavkalari miqdorlari oʻzgardi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер