Davlat xizmatlari sohasida TOP-3 yangilik

17:18 26 Avgust 2019 Jamiyat
1470 0

“Davlat xizmatlari sohasida deyarli har kuni yangiliklar joriy etilmoqda. Keling, kelgusi oydan bizni nima kutayotganini birga bilamiz!” deyiladi DXA xabarida.

Unga koʻra:

1. Endilikda xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni nostrifikatsiya (tan olish) uchun arizani Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz portali orqali berish mumkin.

Eslatib oʻtamiz, avvallari eksperimental tarzda DXM orqali va elektron shaklda oliy maʼlumot diplomlarini nostrifikatsiya qilish imkoni mavjud edi.

2. Tovar belgisini roʻyxatdan oʻtkazish xizmati yanada qulayroq boʻldi. Undan foydalanish uchun poytaxtga tashrif buyurishning endi hojati qolmadi. Tovar belgisini istalgan oʻzingizga qulay boʻlgan Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali roʻyxatdan oʻtkazish mumkin.

3. Yuridik shaxslar endi yer osti suvlariga quduqlarni burgʻulashga ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladilar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер