Davlat Bobonov 9 yillik tanaffusdan soʻng jahon reytingi yetakchisiga aylandi
Xalqaro dzyudo federatsiyasi sportchilarning yangilangan reytingini eʼlon qildi. Ahamiyatlisi, unda -90 kg. vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov birinchi oʻringa koʻtarilib oldi.
Joriy yil Bobonov uchun muvaffaqiyatli oʻtdi. Jahon chempionatidagi kumush, Olimpiya oʻyinlaridagi bronza medali uni bugunga kelib oʻz vaznining yetakchisiga aylanib olishida katta zamin yaratdi.
Qayd etish joiz, taniqli dzyudochimiz Rishod Sobirov London — 2012 Olimpiadasidan avval -60 kg. vaznda birinchi oʻrinda qayd etilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring