Dasturxonimiz toʻkinligi — sizning mehnatingiz mahsuli, aziz dehqonlar!
Maʼlumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan har yili mamlakatimizda Qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni keng nishonlanib kelinmoqda. Bu yilgi nishonlanadigan bayram munosabati bilan barcha fermer va dehqonlarimizni samimiy tabriklayman.
Taʼkidlash joizki, joriy yil mamlakatimizda pandemiya sababli sinovli kunlarda ham aholimizning oziq-ovqat mahsulotga boʻlgan ehtiyojini qondirish, bozorlarimiz toʻkinligini, narxlarning
Shu oʻrinda qishloq xoʻjaligi sohasi yana-da isloh qilingani natijasida bu yil ushbu sohada ulkan muvaffaqiyatlarga erishilganligini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman. Xususan, Prezidentimiz tomonidan “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmonning qabul qilinishi bu sohadagi muammolarni tez ilgʻab olib oʻz vaqtida bartaraf etish imkonini bermoqda.
Binobarin, bugungi kunda mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi sohasida oʻz vaqtida olib borilgan tadbirlar natijasida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda ijobiy yutuqlar koʻzga tashlanmoqda. Buni Strategiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasi davrida oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish, qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urugʻchiligini yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”, “Respublika hududlarini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlari qabul qilingani va joylarda ijrosi taʼminlanayotgani misolida yaqqol kuzatish mumkin.
Jumladan, Strategiya doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1 ta Farmoni, 9 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 5 ta qarori qabul qilindi.
Buning samarasi oʻlaroq mamlakatimizda sugʻoriladigan maydonlarda oʻrtacha gektaridan 57 sentnerdan ortiq, lalmi maydonlarda esa oʻrtacha gektaridan 11 sentner hosil olinib, jami 6,4 million tonna don yetishtirildi. 2021-yil hosili uchun 272 ming tonnadan ortiq sara urugʻlik jamgʻarilgani va davlat ehtiyojlari uchun 3,5 million tonnaga yaqin don eksport qilingani soʻzimizga yaqqol misol boʻla oladi. Yoki 2020-yilda respublikamiz aholisini arzon va sifatli meva-sabzavot mahsulotlariga boʻlgan talabini barqaror taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish maqsadida, har bir hududning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, respublikada barcha toifa xoʻjaliklarida 22,6 million tonna meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqilgani ham qishloq xoʻjaligi sohasini barqarorligini taʼminlash yoʻlida katta saʼy-harakatlar olib borilayotganidan dalolat berib turibdi.
Qishloq xoʻjaligi sohasida erishilgan bu kabi yutuqlarda dehqon va fermerlarimizning oʻrni beqiyosligini alohida eʼtirof etish joiz.
Fursatdan foydalanib, qishloq xoʻjaligi sohasining barcha jonkuyar xodimlarini, sohaga aloqador tashkilotlar va korxonalar rahbarlari, ishchi-xodimlarini qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Mamlakatimiz ravnaqi, xalqimiz
Barno MIRZAMOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining
agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi aʼzosi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring