“Dasht tegirmon”da yangi mahalla binosi ochildi

16:39 07 Dekabr 2022 Jamiyat
781 0

Foto: Xalq so‘zi

Joriy yilda Fargʻona viloyatida 134 ta mahalla fuqarolar yigʻini uchun yangi binolar qurish rejalashtirilgan boʻlib, ular orasida Rishton tumanidagi “Dasht tegirmon” MFY ham bor.

Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 30 yilligi arafasida ushbu mahalla idorasi uchun davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan yangi binoning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

— Qariyb 4 ming aholi istiqomat qiladigan mahallada bunday qulay sharoitga ega idoraga koʻp yillardan beri zarurat sezilayotgandi, - deydi “Dasht tegirmon” MFY raisi Abdurazzoq Moʻminov. — Tadbirkor Gʻayratjon Mahmudbekov tashabbusi bilan bunyod etilgan zamonaviy idorada hokim yordamchisi, mahalla inspektori, yoshlar yetakchisi va xotin-qizlar faoli uchun alohida xonalar kerakli moddiy-texnika vositalari hamda mebel jihozlari bilan taʼminlandi. Qurilish va jihozlash ishlari uchun 220 million soʻm mablagʻ sarflandi.

Bu mahalladoshlarimiz uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер