“Dari-zanjir” majmuasi qayta tiklandi

12:51 06 Fevral 2025 Jamiyat
287 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqand shahridagi “Dari-zanjir” tarixiy yodgorligi soʻnggi yillarda xarobaga aylanib, yoʻqolib ketish arafasida edi. Moddiy-madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan ushbu majmuaning umumiy maydoni 70,13 kvadrat metr boʻlib, oʻtgan yili toʻliq muhofazaga olingan va hozirda restavratsiya ishlari olib borilmoqda.

— 2024-yili Samarqandda 20 ta madaniy meros obyektida taʼmirlash-tiklash ishlari boshlangan, — deydi viloyat madaniy meros boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Ziyodulla Nasimov. — Shundan beshta inshootda ishlar toʻliq yakunlanib, foydalanishga topshirildi. “Dari-zanjir” yodgorligining ustini yopish va tashqi qismini restavratsiya qilish ishlariga 415 million soʻm mablagʻ sarflandi. Ayni paytda obyektning ichki qismida restavratsiya va konservatsiya ishlari davom etmoqda.

— Bizning mahallamiz “Turizm mahallasi” maqomini olgan, — deydi “Dari-zanjir” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Homid Xodjayev. — 30 ga yaqin mehmonxona va uchta madaniy meros obyekti bor. Koʻp yillardan beri mahalla binosi roʻparasida joylashgan “Dari-zanjir” madaniy meros obyekti xarob ahvolda edi. Yodgorlik toʻliq qayta tiklanishi bilan hududda sayyohlar keladigan maskan yana bittaga koʻpaydi.

Eng muhimi, temuriylar qadami yetgan, ota-bobolarimizdan meros qolgan tarixiy obyekt saqlab qolindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер