Daraxtlarga nafas bering!

12:36 10 Iyul 2024 Jamiyat
297 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon viloyatida ana shu shior ostida tadbir boʻlib oʻtmoqda. Yurtimizning koʻp joylarida daraxtlarga reklama taxtachalari osib qoʻyiladi. Yoʻllarni asfaltlash yoki betonlash paytida ham sugʻorish imkoniyati cheklab qoʻyiladi. Bu daraxtlarning nafas olishiga toʻsqinlik qilib, erta qurishiga sabab boʻladi.

— Tadbirni oʻtkazishdan maqsad tabiat musaffoligini salbiy holatlardan himoya qilishdir, — deydi viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimi Lochinbek Isomiddinov. — Bitta manzarali daraxt bir kunda 200 kishiga yetadigan kislorod ishlab chiqaradi. Shahar va qishloqlarimiz yashillikka burkansa, atrof-muhitda toza havo boʻlsa, odamlarning ham umri uzayadi.

Viloyatda ushbu tadbir doirasida bir haftada 75 ta daraxtlarning tag qismlari beton va asfalt qoplamalardan ochilib, parvarishlash uchun qulay sharoit yaratildi. Shuningdek, 50 tupdan ziyod daraxtlar reklama bannerlaridan ozod qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер