Daniyada covid-pasportlari joriy etiladi

14:17 04 Fevral 2021 Dunyo
940 0

Daniya hukumati mamlakatda emlash haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan raqamli kovid-pasportlarini joriy etishmoqchi.

Rasmiylarning fikricha, bu Daniyada ish tartibini tiklashga yordam beradi. Bu haqda matbuot anjumanida moliya vaziri Morten Bedskov eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, ushbu raqamli hujjatning joriy etilishi, avvalo, ish safarlariga chiqayotganlarga taʼsir qiladi. Shuningdek, raqamli pasportda emlanganlik va antitanachalarning mavjudligi haqida maʼlumot boʻladi.

Covid-pasportlar terapevt va sartaroshlarga ishga qaytish, fuqarolarga esa restoranlarga borish, konferensiyalar, shuningdek, ommaviy va sport tadbirlarida ishtirok etish imkonini beradi.

“Uch-toʻrt oy ichida pasportdan keyingi oʻrinda turadigan bunday raqamli hujjat tayyor boʻlishi kutilmoqda. Shundan soʻng biz uni jamiyatga «taqdim etishimiz” mumkin. Shunda biz dunyoda birinchilardan boʻlib texnologik afzalliklardan foydalanamiz va boshqa mamlakatlarga oʻrnak boʻlamiz», dedi moliya vaziri.

Uning soʻzlariga koʻra, fevral oyidayoq COVID-19 test natijalari eʼlon qilinadigan maxsus manbada emlangan fuqarolar haqidagi maʼlumotlar ham eʼlon qilina boshlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер