Dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
“Oʻzgidromet” dam olish kunlari kuzatiladigan ob-havo maʼlumotlarini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 28-noyabr kuni Oʻzbekistonning katta hududida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 15-18 daraja iliqqacha isiydi. Faqat Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida harorat 5-10 daraja iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq boʻladi. Shimolda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq boʻladi. Respublikaning baʼzi joylariga tuman tushishi mumkin, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 28-noyabrda kunduzi 15-17 daraja iliq, shanba va yakshanbada kechasi 0-3 daraja iliq, kunduzi 11-14 daraja iliq boʻladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring