Daladan dasturxonga

16:57 12 Iyul 2024 Jamiyat
375 0

Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Andijon shahridagi dehqon bozorlarida “Daladan dasturxonga” nomli arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasi tashkil etildi. Unda viloyatda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bozordan arzon narxda sotilmoqda.

— Dehqonlarimizga, chorvador-u, bogʻbonlarimizga rahmat, — deydi xaridor Abdufatto Abduxalilov. — Mahsulotlar sifatli va arzon. Masalan, paxta yogʻini 12 ming soʻm, shakarni 13 ming 500 soʻm, mol goʻshtini 60 ming soʻm, guruchni 15 ming soʻmdan xarid qildim.

Ushbu savdo rastalarida 40 turdan ziyod mahsulotlar 30 foiz arzonlashtirilgan narxda sotilmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер