“COVID-19”ga qarshi majburiy emlashga faol qarshilik qilgan deputat koronavirusdan vafot etdi

03:56 28 Avgust 2021 Dunyo
1465 0

Foto: РИА Новости

“COVID-19”ga qarshi majburiy emlashga faol qarshilik koʻrsatgan Yaroslavl viloyat dumasi deputati, Rossiya Kommunistik partiyasi Yaroslavl viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi Aleksandr Vorobyov koronavirusdan vafot etgan. Bu haqda partiyaning viloyat boʻlimi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga koʻra, Vorobyov 9-avgustda kasalxonaga yotqizilgan. Unga oʻpkaning 60 foiz zararlanish tashxisini qoʻyilgan. Keyinchalik uning yuragida ham muammolar paydo boʻlgan. Shundan soʻng deputat jonlantirish boʻlimiga olingan. Koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramay Aleksandr Vorobyov 25-avgust kuni hayotdan koʻz yumgan. 

72 yoshli siyosatchi oʻz tarafdorlari bilan mamlakatda koronavirusga qarshi majburiy emlashga faol qarshilik koʻrsatib, hatto namoyishlar ham tashkil etgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер