Chustdagi  “Yangi O‘zbekiston bog‘i”ga  ilk  ko‘chatlar o‘tqazildi  

16:45 11 Noyabr 2021 Jamiyat
926 0

Foto: “Xalq so‘zi”

Namangan viloyatida  ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi izchil amalga oshirilmoqda. Binobarin, “Dolzarb 40 kunlik” aksiyasi boshlanganiga ham o‘n kun bo‘ldi.  Joylarda har kuni  o‘tkazilayotgan hasharlar  natijasida hozirga qadar bir million tupga yaqin mevali  va manzarali daraxt hamda  buta ko‘chatlari o‘tqazildi.  Bugun  erta tongdan Chust tumanida ham ushbu loyiha doirasidagi xayrli ish ko‘tarinkilik  bilan boshlandi.

Tuman hududidan o‘tgan “Pungon-Namangan” yo‘li yoqasida  22 gektar maydonda barpo etilayotgan "Yangi O‘zbekiston bog‘i"dagi hasharda chustliklardan tashqari viloyatdagi tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlari ham hozir bo‘lishdi. Tadbir avvalida Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov yangi boqqa  ekilayotgan ko‘chatlar ildiz otib, sersoya daraxtlarga aylangach, ekologiya va atrof-muhit muhofazasida  muhim omil bo‘lishini alohida taʼkidladi.

-Namanganning har bir tumanida shunday bog‘u rog‘,  daraxtzorlar yaratamiz. Yo‘l yoqalarida,  ijtimoiy obyektlar hududlaridagi  bo‘sh yerlar yashil maydonlarga aylanadi,  - dedi  viloyat rahbari.

Umumxalq xasharida qatnashgan  nuroniylar  yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi, shu singari bog‘-rog‘lar ko‘payishini tilab, duoga qo‘l ochdilar.

                                                              

              Qudratilla NAJMIDDINOV. “Xalq so‘zi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер