Chustda innovatsiya forumi ish boshladi
Bugun Chust shahridagi Madaniyat markazida “Hududlarni innovatsion rivojlantirish boʻyicha Chust tajribasi, hududiy ilmiy-innovatsion salohiyat, erishilgan natijalar va istiqbolli rejalar tahlili” mavzusida hududiy forum ish boshladi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov ishtirok etishmoqda.
- Innovatsiyaga eʼtibor bu avvalo yoshlarga, xususan ilm-fanga boʻlgan eʼtibordir. Chunki Chust tumani innovatsion hudud nomini olishi barobarida, avvalo, yoshlarning eng ilgʻor loyihalari amalga tadbiq etiladi. Mazkur forum boshlanishi. Xalqaro doiradagi forumlarni ham Chustda oʻtkazish maqsadimiz bor. Bu oʻz navbatida yoshlar bandligini taʼminlashda katta ahamiyatga ega, -dedi anjumanda soʻz olgan Sh. Abdurazzoqov.
Anjuman davomida Namangan muhandislik-qurilish instituti tomonidan ishlab chiqilgan tajriba konstruktorlik ishlanmalarini tijoratlashtirishga tayyorlash toʻgʻrisidagi loyihalar taqdim etildi.
Forum doirasida sohaga oid 30 dan ortiq innovatsion loyihalar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Qudratilla NAJMIDDINOV
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring