Chust tumani hokimining 3 ta avtomashinasi jarima maydonchasiga joylashtirildi

20:58 28 Dekabr 2021 Jamiyat
1043 0

Namangan viloyati Chust tumani hokimining avtomashinalari yirik miqdorda jarima solingani uchun jarima maydonchasiga joylashtirildi. Bu haqda viloyat YHXB matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, Bekzod Hamdamov 2018-yilda qonunbuzarliklarni hisobga olgan holda 42 ta jarima yigʻgan.

YHXB maʼlumotlariga koʻra, “Cobalt” rusumli avtomashinaning jami 17 ta jarima summasi 7 626 000 soʻmni tashkil qiladi.

“Nexia-3” rusumli avtomashinadan 5 million 302 ming 900 soʻmlik 15 ta jarima aniqlangan. Ushbu avtomashina viloyat hokimining birinchi oʻrinbosari Jamshid Bahodirovga biriktirilgan.

“Trailblazer” uchun 10 ta jarima miqdori 7 775 000 soʻmni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, barcha qoidabuzarliklar tezlikni oshirish bilan bogʻliq.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер