Chumoqchaliklar qish mavsumida elektr taʼminotida muammolarga duch kelishmaydi

14:34 07 Noyabr 2023 Jamiyat
182 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Fargʻona viloyatining goʻzal va betakror tabiati bilan mashhur, qoʻshni mamlakat hududidan oʻtib boriluvchi olis Soʻx tumanida bugun 80 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Shu bois soʻxliklarning tinch va farovon umrguzaronlik qilishi davlatimizning doimiy eʼtiborida. Ayni paytda tumanda koʻp yillar davomida yigʻilib qolgan muammolarni bosqichma – bosqich hal etish, 27 ta MFYda ijtimoiy – iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish, qishloq xoʻjaligi, sanoat va tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratishga jiddiy ahamiyat qaratilmoqda.

Hayotbaxsh dastur doirasida joriy yilda tumanning “Chumoqcha” MFY hududida keng koʻlamli ishlar olib borilib, mahalla ahli turmush sharoitini yaxshilash boʻyicha quvonarli yutuqlarga erishildi. Xususan, past kuchlanishli elektr tarmoqlari yangisiga almashtirildi. Shu maqsadda mahallaning ichki koʻchalariga 150 ta temir beton tayanchlar oʻrnatildi.

Qariyb 3 km ga yangi elektr uzatish tarmogʻi tortish ishlari rejalashtirildi. Bundan tashqari, mahalladagi mavjud transformatorlar yukini kamaytirish uchun 1 ta yangi transformator punkti tashkil etildi. Natijada 300 ga yaqin xonadonning elektr taʼminoti yaxshilandi.

— Gapning ochigʻi, sovuq kunlar boshlanadigan qish mavsumida chiroq oʻchishidan bezillab qolgan edik,— deydi 75 yoshli mehnat faxriysi Hamalboy Ochildiyev. — Bu kabi muammolarni hal qilsa boʻlarkanku! Yildan – yilga mahallamiz obod boʻlib, suv, yoʻl, gaz, elektr bilan bogʻliq barcha masalalar ijobiy hal etilyapti. Bundan behad mamnunmiz.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер