Chubays neftni oʻlgan otga oʻxshatdi

16:02 20 May 2020 Dunyo
824 0

“Rosnano“ boshqaruvi raisi Anatloiy Chubays neft narxiga bogʻlanib qolishning Rossiya uchun strategiya xatarlari haqida fikr bildirdi.

Uning Forbes nashriga bergan intervyusida taʼkidlanishicha, hozirgi iqtisodiy va texnologik faoliyat tarzi aniq eskirgan.

“Kovboylarning bir gapi bor: agar ot oʻlgan boʻlsa, undan tushish kerak“, — deya yaqin kelajakda neftdan olinadigan daromad istiqbollariga izoh bergan u.

Chubaysning soʻzlariga koʻra, bir barrel neftning narxi joriy yilda 40 dollardan ham oshishi amri mahol, hatto optimistik prognozlar ham bunday emas. Shunday ekan, xom ashyoni sotishdan olinadigan daromad oldingidagidek boʻlmaydi. Hatto neftdan olinadigan foyda byudjetga ketganidan soʻng ajratib olinadigan narx bir barrel uchun 42,4 dollar qilib belgilangan.

Oʻz navbatida “Rosnano“ rahbari “neft ignasidan tushish“ haqida 15 yildan buyon gapirilib kelinayotgan boʻlsa-da, neft va gaz hali hamon Rossiya YAIMning 20 foizini, byudjetning 40 foizini, eksportning 60 foizini tashkil etishini aytib, bu holatni tanqid qildi.

Chubays hozirgi holatni ogohlik qoʻngʻirogʻiga oʻxshatib, vaziyat bir yoki uch yil ichida boshi berk koʻchaga kirib qolishini taʼkidlab oʻtdi.

Uning fikricha, innovatsion iqtisodiy taraqqiyot Rossiyaning inqirozdan chiqib ketishida asosiy mezonga aylanishi va davlat mazkur sohaga munosabatini qayta koʻrib chiqishi kerak.

Bundan oldin RF moliya vaziri Anton Siluanov bir barrel neftning hozirgi ayirma narxi(42,4 dollar) real holatga mos emasligi va uni sezilarli darajada pasaytirish kerakligini aytgan edi.

18-may holatiga koʻra neft qiymati butun dunyoda iqtisodiyot qayta tiklanayotgani, OPEK+ bitimlari hamda omborlarning toʻlib-toshib ketishi haqidagi xavfsirashlar pasayishi fonida oylik maksimumini yangiladi. Masalan, Rossiyaning Urals neft markasining bir barreli Yevropada 30 dollardan oshdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер