Chilonzorda 278,3 million soʻmlik elektr oʻgʻirlandi

16:11 20 May 2025 Jamiyat
213 0

Toshkent shahar Chilonzor tumanida 278,3 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ovqatlanish shoxobchasi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu holat aniqlangan.

Maʼlum qilinishicha, “Sh-K.” MCHJ masʼul shaxslari korxonaga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchasida elektr tarmogʻiga tijorat maqsadida hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan toʻgʻri ulanib, 278,3 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер