Chexiya Xitoyning Rossiya bilan yaqin hamkorligi uning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlariga putur yetkazishidan ogohlantirdi

23:13 21 Aprel 2022 Dunyo
1351 0

Arxiv surat

Chexiya Xitoyni Rossiya bilan yaqin hamkorligi Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarga putur yetkazishidan ogohlantirmoqda.

Chexiya Xitoyni Rossiya bilan yaqin hamkorlik qilishdan ogohlantirib, Pekinning Moskvaga har qanday yordami uning Yevropa Ittifoqi (YEI) bilan munosabatlariga putur yetkazishini qayd etdi. Bu haqda “Bloomberg” xabar bermoqda.

Chexiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Martin Tlapa shu hafta Pragada Xitoyning Markaziy va Sharqiy Yevropa boʻyicha maxsus vakili Xuo Yuchjen bilan uchrashib, “16+1” formatini muhokama qildi.

Uchrashuvda joriy yilning ikkinchi yarmida YEIga raislik qiladigan Chexiya vakillari Xitoy tomoniga Moskva bilan aloqalarni mustahkamlash Yevropa Ittifoqi va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarga jiddiy zarar yetkazishini taʼkidladi.

“Biz uchrashuvdan Xitoyning Rossiya bilan hozirgi hamkorligi boʻyicha oʻz pozitsiyamizni yana bir bor ifodalash uchun foydalandik”, deb yozdi Chexiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Lenka Do.

Avvalroq Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel Pekinni Gʻarb davlatlari Rossiyaga qarshi joriy qilgan sanksiyalarni chetlab oʻtishda yordam berishdan bosh tortishga chaqirgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер