Checheniston va Dogʻistonda Telegram bloklandi
Foto: РИА Новости
Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Dogʻiston va Chechenistonda Telegram bloklandi. Bu haqda Dogʻiston Respublikasi raqamli rivojlanish vaziri Yuriy Gamzatov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Telegramʼni Shimoliy Kavkaz federal okrugining ikki hududi – Checheniston va Dogʻistonda bloklash toʻgʻrisidagi qaror huquq-tartibot idoralari taklifi asosida federal darajada qabul qilingan.
“U [messenjer] koʻpincha dushmanlar tomonidan qoʻllaniladi, bunga Maxachqalʼa aeroportidagi tartibsizliklar misol boʻla oladi. Ehtimol, kelajakda Telegram blokdan chiqariladi”, deydi Gamzatov.
Vazir muqobil sifatida VKontakteʼdan foydalanishni tavsiya qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring