Siyosat

Oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalar belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 4-mart kuni oliy oʻquv yurtlari talabalari bandligini taʼminlash boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

23:36 04 Mart 2022
Ukrainadan qaytgan talabalar oʻzimizdagi oliygohlarda oʻqishini davom ettiradi

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan soha rahbarlari va hokimlarning axboroti tinglandi.

20:09 04 Mart 2022
Bir oy ichida oʻzgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi — Shavkat Mirziyoyev

Bugungi kunda Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda ish boshlanmagani tanqid qilindi.

19:50 04 Mart 2022
Prezident viloyat hokimlari yil yakuniga qadar 10 ming nafar talabaning bandligini taʼminlash choralarini koʻrishini aytdi

Shu maqsadda oliygohlardagi ilmiy loyiha guruhlari tarkibining kamida 40 foizini talabalar hisobidan shakllantirishga topshiriq berildi.

19:46 04 Mart 2022
“Barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi” — Prezident

Ushbu yangi tizim orqali har yili 3 ming nafar talaba band qilinadi.

19:37 04 Mart 2022
Rektorlarga oʻz tizimidagi lavozimlarga talabani ishga joylashtirishga ruxsat etiladi

Misol uchun, Toshkent tibbiyot akademiyasida 70 nafar talaba ish yurituvchi, kafedra laboranti, kutubxonachi, omborchi kabi lavozimlarda ishlamoqda.

19:35 04 Mart 2022
Oliy taʼlim vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Bandlik markazlari tashkil etiladi

Bu orqali 5 ming nafar talaba daromad keltiradigan ish bilan band boʻladi.

19:30 04 Mart 2022
Prezident OTMlardagi boʻsh xona va inshootlarni talabalar pullik xizmatlarga ishlatishi uchun bepul ajratish kerakligini taʼkidladi 

Prezident Fargʻona davlat universiteti va Andijon qishloq xoʻjaligi institutini misol qilib keltirdi.

19:27 04 Mart 2022
Qaysi hokim yoki rektor boʻsh ish oʻrinlarini tahlil qilib, talabalarni joylashtirish boʻyicha ishlagan — Prezident

Bu ishlarni tizimli tashkil etish uchun Bosh vazir boshchiligida respublika komissiyasi tuzilishi belgilandi.

19:15 04 Mart 2022
Rektorlar har bir talaba bilan oʻzlari muloqot qilib, haqiqiy holatni bilish va ularni band qilishga shaxsan masʼul — Shavkat Mirziyoyev

Shu bilan birga, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin boʻlgan 105 mingta vakant ish oʻrinlari mavjud.

19:06 04 Mart 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер