Prezident OTMlardagi boʻsh xona va inshootlarni talabalar pullik xizmatlarga ishlatishi uchun bepul ajratish kerakligini taʼkidladi
Foto: president.uz
Davlatimiz rahbari talabalarga boʻsh ish oʻrinlari tashkil etilishi lozim boʻlgan ishlarni belgilab bermoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati Sherzod Asadov xabar berdi.
Eng avvalo, OTMlardagi boʻsh xona va inshootlarni talabalarga bepul ajratish orqali ularda pullik kurslar, toʻgaraklar va boshqa xizmatlar hamda ishlab chiqarishlar tashkil etish kerakligi taʼkidlandi.
Prezident Fargʻona davlat universiteti va Andijon qishloq xoʻjaligi institutini misol qilib keltirdi. Jumladan FarDUda:
— umumiy ovqatlanish va qurilish korxonalari tashkil etilib, ularda 125 nafar;
— adras, milliy kiyimlar, kulolchilik sexlari, dorivor oʻsimliklardan shifobaxsh damlamalar tayyorlashda 18 nafar;
— “Doʻstlik”, “Oqbilol” agrouchastkalari va Quvasoy shahridagi oʻquv poligonlarida chorvachilik, asalarichilik, gulchilik, anorchilik, bogʻdorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik hamda biogumus yetishtirish yoʻlga qoʻyilib, 36 nafar talabaning bandligi taʼminlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring