Siyosat

Qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanish umummilliy ahamiyatga ega

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 10-iyun kuni qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

17:53 10 Iyun 2022
Hududlarda mikro va kichik GESlar qurish uchun maydonlar belgilanib, jami 56 megavattli 200 ta loyiha ishlab chiqilgan

Yigʻilish yakunida mutasaddilar belgilab berilgan vazifalar boʻyicha axborot berdi.

15:42 10 Iyun 2022
Joriy yilning oʻzida muqobil energiya manbalari qurilmalarining qoʻshimcha 1 trillion soʻmlik bozori yaratiladi

Shu munosabat bilan har bir viloyatda kamida 1 tadan shunday qurilmalarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimligi taʼkidlandi.

15:27 10 Iyun 2022
Prezident vazirlik va idora, hokimlik, mahalla binolarini ham muqobil energiyaga oʻtkazish vaqti kelganini taʼkidladi

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda.

15:13 10 Iyun 2022
Ijtimoiy soha obyektlarida ham bosqichma-bosqich muqobil energiya uskunalari oʻrnatiladi

Mutasaddilarga kelgusi yil Investitsiya dasturi mablagʻlarining kamida 15 foizini shunday qurilmalarni oʻrnatishga yoʻnaltirish topshirildi.

15:00 10 Iyun 2022
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida koʻchalarni yoritish uchun faqat muqobil energiya uskunalari oʻrnatiladi

Masalan, Kitob tumani “Yangiobod” massividagi jami 96 ta xonadonga ega 4 ta koʻp qavatli uyda quyosh panellarini oʻrnatish hisobiga yiliga 100 ming kilovatt soat elektr energiyasi iqtisod qilinmoqda.

14:45 10 Iyun 2022
Joriy yilda “daftarlar”ga kirgan kamida 5 mingta oila suv isitish qurilmasi bilan taʼminlanadi

Muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish istagida boʻlgan aholi va tadbirkorlar bu imkoniyatlardan foydalanishi uchun biron-bir idoraga borishga majbur boʻlmaydi.

14:32 10 Iyun 2022
Muqobil energiya uskunasini oʻrnatgan aholi va tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha mutlaqo yangi tizim joriy etiladi

Ushbu tizim Energetika vazirligining maxsus jamgʻarmasi orqali joriy etilishi belgilandi.

14:25 10 Iyun 2022
Prezident birorta hokimda yoki vazirda energiya isteʼmoli, uni tejash, muqobil energiya uskunalarini oʻrnatish boʻyicha hisob-kitob yoʻqligini tanqid qildi

Bu borada 2019-yilda alohida jamgʻarma tashkil qilinib, aholiga byudjetdan subsidiya berish tizimi joriy etildi.

14:20 10 Iyun 2022
Hokim va vazirdan tortib, mahalla raisigacha barcha darajadagi rahbarlar bu masalaning qanchalik muhimligini tushunayaptimi — Shavkat Mirziyoyev

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boshlandi.

14:15 10 Iyun 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер