Joriy yilning oʻzida muqobil energiya manbalari qurilmalarining qoʻshimcha 1 trillion soʻmlik bozori yaratiladi

15:27 10 Iyun 2022 Siyosat
448 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida qayta tiklanuvchi energiyadan foydalanishni kengaytirish boʻyicha ustuvor vazifalarga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Yigʻilishda shular bilan birga:

— barcha viloyat, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarma va boʻlimlarida hamda jazoni ijro etish muassasalarida;

— barcha tuman soliq inspeksiyalari va viloyat soliq boshqarmalarida;

— barcha viloyat, tuman va shahar prokuraturalari, Bosh prokuratura Departamenti va Majburiy ijroning boshqarma va boʻlimlarida;

— barcha viloyat, tuman va shahar adliya idoralari, davlat xizmatlari markazlari, FHDYO boʻlimlarida;

— barcha viloyat, shahar va tuman moliya, gʻazna, pensiya idoralari, sugʻurta tashkilotlarida;

— kamida 1 mingta mahalla idorasi binolarida muqobil energiya qurilmalarini oʻrnatish vazifasi qoʻyildi.

Bugungi yigʻilishda belgilab berilgan chora-tadbirlar hisobiga joriy yilning oʻzida muqobil energiya manbalari qurilmalarining qoʻshimcha 1 trillion soʻmlik bozori yaratiladi.

Shu munosabat bilan har bir viloyatda kamida 1 tadan shunday qurilmalarni ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish lozimligi taʼkidlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер