Iqtisodiyot

Toʻqimachilik sanoati murakkab davrda ham faoliyatini toʻxtamaydi

Samarqand viloyatidagi toʻqimachilik korxonalari bugungi kunda 37 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega. Lekin hozirda ularning atigi qariyb 50 foizidan foydalanilyapti. Shu bois, toʻqimachilik sanoati quvvatlarining ishlash darajasini oshirish, viloyatdagi 2 ta paxta-toʻqimachilik klasterida yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar...

16:18 02 Iyun 2020
17 yillik tanaffusdan soʻng Fargʻona xalqaro aeroportidan yuklarni xorijiy davlatlarga toʻgʻridan-toʻgʻri joʻnatish imkoniyati qayta tiklandi

Fargʻona viloyatidan xorijga hoʻl mevalar eksporti bilan shugʻullanayotgan RTL logistics, UZ-Segong, XinFergana korxonalari tomonidan boʻlgan murojaatlar va ushbu korxonalarning faoliyati Transport vazirligining aeroportlarni rivojlantirish va yer usti taʼminoti boshqarmasi mutaxassislari tomonidan atroflicha muhokama qilindi.

14:08 02 Iyun 2020
582 xildagi mahsulotlar eksport qilinmoqda

Toshkent viloyati mamlakatimizning iqtisodiy tarmogʻida oʻzining yuksak salohiyati bilan alohida oʻrin tutadi. Hududda togʻ-kon va kimyo sanoati, metallurgiya, qurilish materiallari kabi muhim tizimlarda mahsulot va xomashyolar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan. Ayni damda mahsulotlarni eksport qilish sohasi ham tobora takomillashib bormoqda....

13:21 02 Iyun 2020
Tabiiy gaz taʼminotida ham “aqlli” hisoblagichlar oʻrnatilmoqda

Navoiy viloyatida barcha toifadagi isteʼmolchilar uchun tabiiy gazni boshqarish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimining joriy etish ishlari boshlandi.

12:39 02 Iyun 2020
Monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasida tegishli maʼmuriy reglament tasdiqlandi

“Tovar va moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solish sohasidagi davlat xizmatlarini koʻrsatishning ayrim maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

11:25 02 Iyun 2020
UzAuto Motors avtomobil rusumlarini koʻpaytirgan holda aksiyasini davom ettiradi

Endilikda kompaniya taqdim etayotgan qulay aksiya doirasida Cobalt hamda Malibu 2 Turbo avtomobilini ham muddatli toʻlov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkin.

10:12 02 Iyun 2020
Oltinkoʻlliklarga 15 mingta joʻja tarqatildi

Andijon viloyatida aholi turmush darajasini yuksaltirish maqsadida olib borilayotgan ishlar koʻlami ortmoqda. Jumladan, Oltinkoʻl tumanida aholini yetti xazinaning biri boʻlmish tovuq parvarishiga jalb etish ishlari boshlab yuborildi.

22:41 01 Iyun 2020
Raqobat bor joyda rivojlanish boʻladi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida makroiqtisodiy koʻrsatkichlarimiz barqaror oʻsib bormoqda. Jumladan, 2019-yil yakuni boʻyicha yalpi ichki mahsulot hajmi oʻtgan yilga nisbatan 5,6 foizga oʻsib, 511,8 trln.soʻmni, aholining real daromadlari 6,5 foizga oʻsib, 344,7 trln....

17:59 01 Iyun 2020
Samarqandda yoʻl boʻyi infratuzilmasi modernizatsiya qilinadi

Vazirlar Mahkamasining “2020-2025-yillarda xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida yoʻl chetidagi infratuzilma obyektlarini rivojlantirish“ dasturiga muvofiq, ayni paytda Samarqand viloyatining M-37 va M-39 avtomobil yoʻllarida “Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi“ va “Olmota-Toshkent-Nukus“ qulay transport koridorini tashkil etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

17:39 01 Iyun 2020
50 tonnadan ortiq oʻzbek gilosining navbatdagi partiyasi Janubiy Koreyaga yetkazib berildi

Bugun “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ aviakompaniyasining charter yuk reysi Fargʻonadan toʻgʻridan-toʻgʻri Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga 50 tonnadan ortiq gilosning navbatdagi partiyasini yetkazib berdi. Bu haqda “Dunyo” AA muxbiri.

16:48 01 Iyun 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер