UzAuto Motors avtomobil rusumlarini koʻpaytirgan holda aksiyasini davom ettiradi
Bu haqda kompaniya maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlarga avtomobil xaridida qulaylik yaratishni davom ettiradi.
Endilikda kompaniya taqdim etayotgan qulay aksiya doirasida Cobalt hamda Malibu 2 Turbo avtomobilini ham muddatli toʻlov shartlari asosida xarid qilishingiz mumkin.
"Aksiya doirasida quyidagi avtomobillarni koʻrsatilgan davrlar mobaynida oyma-oy toʻlash evaziga muddatli toʻlov asosida xarid qilish mumkin:*
— Spark MT — 2,0 mln soʻmdan (12 oy)
— Spark AT — 2,3 mln soʻmdan (12/24 oy)
— Nexia AT — 2,6 mln soʻmdan (12/24 oy)
— Cobalt AT — 2,8 mln soʻmdan (12/24 oy)
— Tracker MT/AT — 3,8 mln soʻmdan (18/30/36 oy)
— Malibu 2 Turbo — 5,1 mln soʻmdan (18 oy)
— Malibu 1,5 Turbo — 5,6 mln soʻmdan (18/30/36 oy)
— Trailblaizer — 4,9 mln. soʻmdan (24/30/36 oy)
Aksiyaning asosiy shartlari:
— Boshlangʻich toʻlov: avtomobil narxidan 40% dan 70% gacha;
— Toʻlov muddati: 12 dan 36 oygacha.
— Aksiya amal qilish muddati: 2020-yil 15-iyun (ushbu sana ham kiradi).
‼️Diqqat: oyma-oy toʻlanadigan summa boshlangʻich toʻlov hajmi hamda muddatli toʻlov davriga qarab oʻzgarib boradi.
Aksiya jismoniy va yuridik shaxslar uchun amal qiladi.
Batafsil maʼlumotlarni kompaniyaning Call-Markazi +998 78 141-77-77 hamda rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.
*Aksiya doirasida qatnashayotgan avtomobillarning narxlari muddatli toʻlov evaziga amaldagi narxlardan farq qilishi mumkin" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring