Iqtisodiyot

Fevral oyida gazdan noqonuniy foydalanish tufayli 3,1 milliard soʻm zarar yetkazildi — Energetika vazirligi

Fevral oyida Respublika boʻyicha ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 139 ta holatda tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari aniqlangan. Davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori esa 3,1 milliard soʻmni tashkil etgan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

18:54 17 Fevral 2021
Davlat bojxona qoʻmitasi raisiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Prezident qarori (PQ–4994-son, 16.02.2021-y.) bilan Ilxom Muxtorovich Muxtorov Davlat bojxona qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

10:38 17 Fevral 2021
Samarqandda qariyb 5 ming tonna urugʻlik chigit tayyorlanmoqda

Tajribali, mirishkor dehqonlarning koʻp yillik tajribasidan maʼlumki, sifatli urugʻdan moʻl hosil yetishtiriladi. Shu bois ham Samarqanddagi paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan 2021-yil hosili uchun urugʻlik paxtani tozalash-saralash,tuksizlantirish va dorilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

10:36 17 Fevral 2021
Davlat soliq qoʻmitasi «naqdlashtiruvchi firmalar» bilan kurashishni boshladi

“Bir kunlik firmalar” ning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashishning samarali mexanizmi joriy etildi. Bu haqda DSQ matbuot xizmati xabar berdi.

10:18 17 Fevral 2021
Pensiya jamgʻarmasi aholiga pensiyalar nega kech yetib borayotganiga izoh berdi

Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan tegishli Yoʻriqnomaga asosan Xalq banki filiali tomonidan pensiyalar, nafaqalar va boshqa toʻlovlar ularni yetkazib berish (topshirish)ning tasdiqlangan jadvali boʻyicha har oyning 27 sanasiga qadar uzluksiz yetkazib beriladi.

17:25 16 Fevral 2021
Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirishning afzalliklari nimada?

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xususiy investitsiyalarni jalb qilishga katta eʼtibor qaratilyapti. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad iqtisodiyotni erkinlashtirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardosh va jahon standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarishga qaratilgan. Prezidentimizning qator Farmonlari davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirish...

17:08 16 Fevral 2021
Respublikada paxta moyi xavfsizligini taʼminlash borasida qanday tadbirlar amalga oshirilmoqda?

Paxta texnik chigiti tarkibida tabiiy zaharli modda-gossipol mavjud. Xususan, paxta moyi va kunjara tarkibida ushbu moddaning ruxsat etilgan meʼyoridan yuqori boʻlishi aholi salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

16:12 16 Fevral 2021
Andijonda fuqaro 2520 quti “Arbidol” dorisini saqlayotgani maʼlum boʻldi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi boʻlimi xodimlari Milliy Gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oldindan olingan tezkor maʼlumotlarga asosan navbatdagi “YAMA” tezkor tadbirini oʻtkazishdi. Bu haqda Davlat bojxona qoʻmitasi “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

15:29 16 Fevral 2021
Oʻzbekistonda bugungacha 18 ming gektardan ortiq maydonda yangi bogʻ barpo etildi

Joriy yilda respublika boʻyicha jami 173,6 ming gektar, shundan 88,6 ming gektarda intensiv va mevali bogʻlar hamda 85,1 ming gektarda uzumzorlar barpo etish belgilangan.

11:04 16 Fevral 2021
Namangan shahri kanalizatsiya tizimi yangilashga 50,4 mln. AQSH dollari jalb qilinadi

Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vaziri Sherzod Xidoyatov, vazirning birinchi oʻrinbosari va mutasaddilar hamrohligida Namangan viloyatidagi obyektlar holati va aholini qiynayotgan muammolarni oʻrganish maqsadida viloyatga borishdi. Mutasaddilarning Namangandagi ilk manzili Namangan shahar “Oqova suv tozalash inshooti” boʻldi.

11:00 16 Fevral 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер