Oʻzbekistonda bugungacha 18 ming gektardan ortiq maydonda yangi bogʻ barpo etildi

11:04 16 Fevral 2021 Iqtisodiyot
1176 0

Joriy yilda respublika boʻyicha jami 173,6 ming gektar, shundan 88,6 ming gektarda intensiv va mevali bogʻlar hamda 85,1 ming gektarda uzumzorlar barpo etish belgilangan.

Soha mutaxassislari tomonidan joriy yilda jami 88,6 ming gektar yangi bogʻlarni (shundan 11,8 ming.ga anorzor) barpo etish uchun 65,9 mln.dona mevali daraxtlar hamda 92 mln dona tok koʻchatlar talabi hisob-kitob qilingan. 

Joriy yilda koʻchat ekish ishlari har yilgidan erta boshlab yuborildi.

Bugungi kungacha 18,1 ming gektar yangi bogʻ shundan 2,7 ming gektari anorzorlar va 14,3 ming gektar yangi tokzorlarga koʻchatlar ekib boʻlindi.

Yangidan bogʻ va tokzorlarni barpo qilishda Jizzax, Samarqand, Surxondaryo, va Fargʻona viloyatlari peshqadamlik qilmoqdalar yaʼni ushbu viloyatlarda yillik rejaning 20-25 foizi miqdorida ekish ishlari amalga oshirildi. 

Shuningdek fermer xoʻjaliklari va koʻchat yetishtiruvchi xoʻjaliklar oʻrtasida 2021-yilda jami 85,1 ming gektarda yangi tokzorlar barpo etish uchun 340 mlrd.soʻmlik 89 mln.dona (86%) koʻchat sotib olishga shartnomalar tuzilgan boʻlib, koʻchatlarni yetkazib berish ishlari davom etmoqda.

«Oʻzagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmalari va tuman boʻlimlari inspektorlari koʻchat yetishtiruvchilar tomonidan fermer xoʻjaliklariga yetkazib berilayotgan barcha turdagi koʻchatlarning sifati ustidan nazorat ishlarini olib bormoqdalar.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер