All

“Dori Darmon” dorixonalar tarmogʻi boshqaruvi Amerika kompaniyasiga berildi

Farmatsevtika sohasida faoliyat koʻrsatuvchi eng yirik kompaniyalardan biri “Dori Darmon” boshqaruvi AQSHning “United Investment Healthcare Group” LLC kompaniyasi ixtiyoriga berildi.

17:53 23 Oktyabr 2018
“Bunday gʻalabaga Vatanni sevmasdan, unga sodiq boʻlmasdan erishib boʻlmaydi”

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari Buyuk Britaniyaning Brekon shahrida qoʻshin razvedkachilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Kembriya patruli” xalqaro tanlovida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.

17:43 23 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston kubogi-2018 finali boshlanish muddati maʼlum boʻldi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogining hal qiluvchi final oʻyini 28 oktyabr kuni Fargʻona shahridagi muhtasham – “Istiqlol” stadionida boʻlib oʻtadi.

17:01 23 Oktyabr 2018
Jizzaxlik olimlar “dom”da harakatlanadigan mitti mashina yaratishdi

Ilm-fan taraqqiy etib borayotgan hozirgi kunda imkonsiz narsaning oʻzi qolmayotgandek. Sababi, ilgari tasavvur qilish qiyin boʻlgan narsalar endilikda real hayot koʻchmoqda. Masalan, shu paytga qadar mashinani koʻp qavatli uydagi xonadonga olib chiqish haqida oʻylashning oʻzi ortiqcha edi.

16:55 23 Oktyabr 2018
Joriy yilning toʻqqiz oyida Toshkent shahri byudjeti tushumi 9,7 trln. soʻmni tashkil etdi

Joriy yilning 9 oyi yakuni boʻyicha Toshkent shahrida byudjet daromadlari prognozi 14 foiz ortigʻi bilan bajarilib, tushum 9,7 trln. soʻmni tashkil etdi. Bu tushum oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 23 foiz oshdi, deganidir.

16:48 23 Oktyabr 2018
Nurotaning nurli chashmasi. Suvni tozalaydigan “avliyobaliqlar”

Nurotada tumanida oltmishga yaqin qishloq mavjud. Umumiy maydoni olti yarim ming kvadrat metr maydonni qamrab olgan bu tabarruk zaminda muqaddas joylar koʻp. Shulardan biri Nur qasri. Uni qadimda “Iskandariya“ deb ham atashgan.

16:39 23 Oktyabr 2018
Oʻzbekiston va AQSH hamkorlikda banknotalar ishlab chiqaradi

Toshkent shahrida Oʻzbekiston – AQSH biznes forumi boʻlib oʻtdi. Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi hamda Amerika-Oʻzbekiston savdo palatasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda ikki davlat oʻrtasida umumiy qiymati 2,5 mlrd. dollarlik 13 ta kelishuvga erishildi.

16:17 23 Oktyabr 2018
Namanganda piyodani urib yuborib, uning oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qidirilmoqda

Namangan viloyatining Pop tumanida yoʻlovchining oʻlimiga sabab boʻlib qochib ketgan haydovchi qidiruvga berildi.

15:34 23 Oktyabr 2018
“Milliy” stadionida ayollar uchun sport mashgʻulotlari tashkil etildi (Foto)

Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, Velosiped sport federatsiyasi va “Milliy” stadioni hamkorligida bugun ertalab soat 07:00 dan 09:00 gacha “Sogʻlom ayol – jamiyat boyligi” shiori ostida sogʻlomlashtirish mashgʻulotlari oʻtkazildi.

15:10 23 Oktyabr 2018
Transportni mast holda boshqarganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

2018 yil 22 oktyabrdagi OʻRQ-503-son Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi.

15:02 23 Oktyabr 2018
Krishtianu Ronaldu “Manchester Yunayted”ga qaytmoqda

Bugun futbol boʻyicha Yevropa chempionlar “Ye”, “F”, “G” va “H” guruhlari uchinchi tur uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.

14:46 23 Oktyabr 2018
Yangiyoʻlda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida halok boʻldi

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yangiyoʻl tumani “Keng kichik” MFY Farovon koʻchasi 12-uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, vafot etgan.

14:29 23 Oktyabr 2018
Olmaxondan tayyorlangan taom inson hayotiga zomin boʻldi

Ushbu ovqatni tanovul qilgan erkak kishining dastlab xotirasi xiralashgan, keyin esa gapirish va harakatlanish layoqatini yoʻqotgan. Shifoxonaga olib kelingandan bir necha kun oʻtib vafot etgan.

14:19 23 Oktyabr 2018
Gretsiya qirgʻoqlariga oʻrgimchaklar hujum qildi

Gretsiyaning Vistonida koʻli qirgʻoqlari uzunligi bir kilometrdan oshadigan oʻrgimchak toʻrlari bilan qoplandi.

14:15 23 Oktyabr 2018
Omonulla Madayev: Til millatning maʼnaviy boyligi, gʻururidir

Har yili 21 oktyabr yurtimizda oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.

14:06 23 Oktyabr 2018
Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

2018 yil 22 oktyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga oʻzgartirish kiritildi.

13:43 23 Oktyabr 2018
Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha nufuzli musobaqa boʻlib oʻtmoqda

21-25 oktyabr kunlari Samarqandda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha oʻsmirlar va 23 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasida Osiyo chempionati va parakanoe boʻyicha Osiyo chempionati hamda baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha qitʼa kubogi bahslari boʻlib oʻtmoqda. Ushbu musobaqalarda 15 ta...

13:24 23 Oktyabr 2018
Ikkita mudhish YTH oqibatida toʻqqiz kishi halok boʻldi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasidan olingan maʼlumotga koʻra, joriy yilning 22 oktyabr kuni soat 08:05larda Beruniy tumani hududidan oʻtuvchi A-380 “Buxoro-Nukus-Beruniy” avtomobil yoʻlining 680 km da harakatlanib ketayotgan “Nexia” rusumli, d/r 95 E 960 GA avtomobil boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda...

13:22 23 Oktyabr 2018
Fotofakt: Gulistonda Alisher Navoiyning yangi haykali ochildi

Alisher Navoiyga oʻrnatilgan mazkur yodgorlikning postamenti avvalgisidan bir metru 60 santimetrga balandlashdi va uning boʻyi 5 metru 80 santimetrga yetdi.

13:05 23 Oktyabr 2018
Korrupsiyada gumon qilinayotgan Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi oʻz lavozimidan vaqtinchalik chetlatildi

Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi Yerik Utembayevni vaqtinchalik lavozimidan chetlatdi.

12:44 23 Oktyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер