All

Saudiya Arabistoni Podshohi Shavkat Mirziyoyevni oʻz yurtiga taklif qildi

25 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Ulugʻbek Maksudov Ikki muqaddas masjid xodimi, Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga oʻz ishonch yorliqlarini topshirdi.

11:16 27 Noyabr 2018
“PROlogue” Xalqaro kinofestivali haqida batafsil maʼlumot berildi

 Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” Xalqaro kinofestivali tashkilotchilari bilan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

11:11 27 Noyabr 2018
Namanganda mobil telefonlar uchun aksessuarlar ishlab chiqariladi

Bunday kelishuvga Xitoy Xalq Respublikasining “LLT TechnoLogy Limited” hamda “Beijing Janus Greending WheeL Co.LTD” kompaniyalari boshqaruvi kengashi aʼzolari Namanganga tashrifi chogʻida erishildi.

11:07 27 Noyabr 2018
Mudofaa vazirligi Qarshida yuz bergan YTH oqibatida halok boʻlganlarning oilasiga hamdardlik bildirdi

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi kecha, 26 noyabr kuni Shahrisabz – Qarshi avtomobil yoʻlida ogʻir harbiy texnikalardan iborat kolonna va “Lasetti” rusumli avtomobili ishtirokida roʻy bergan yoʻl-transport hodisasi oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar oilasiga chuqur hamdardlik bildiradi.

10:42 27 Noyabr 2018
Onlayn: “PROlogue” xalqaro kinofestivali oʻz ishini boshladi

27 noyabr kuni Yoshlar ijod saroyida “PROlogue” xalqaro kinofestivali doirasida “Oʻzbek kinosining tarixi” fotokoʻrgazmasi oʻz ishini boshladi.

10:41 27 Noyabr 2018
Toshkent- Kazan yoʻnalishida xalqaro avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyildi

23 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasining Kazan shahri Janubiy avtostansiyasidan yoʻlga chiqqan avtobus kecha Toshkent avtovokzaliga yetib keldi.

10:27 27 Noyabr 2018
Shavkat Mirziyoyev MDHga aʼzo davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etadi

26 noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Neʼmatov Rossiya Federatsiyasi Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenev bilan uchrashdi.

09:58 27 Noyabr 2018
“Lokomotiv” ketma-ket uchinchi marta Oʻzbekiston chempioniga aylandi

Oʻzbekiston Superligasining 31-turidan oʻrin olgan markaziy uchrashuvda Toshkentning ikki jamoasi “Lokomotiv” va “Paxtakor” jamoalari oʻzaro kuch sinashdi. Mazkur uchrashuvda chempionlik masalasi hal boʻldi.

09:43 27 Noyabr 2018
Andijonlik yosh tadbirkorlarga 66 mlrd 839 mln 330 ming soʻm kredit beriladi

Yil oxiriga qadar jami 589 nafar yoshlar tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishlari koʻzda tutilgan. Buning uchun 66 milliard 839 million 330 ming soʻm miqdoridagi kredit mablagʻi yoʻnaltiriladi.

09:36 27 Noyabr 2018
BMT sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi

26 noyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesida Birlashgan Millatlar Tashkilotining sobiq Bosh kotibi Pan Gi Mun rahbarligidagi delegatsiyani qabul qilish marosimi boʻlib oʻtdi.

09:03 27 Noyabr 2018
Oilada muhabbat va oʻzaro hurmat — oliy mezon

Xalqaro ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni (25 noyabr) munosabati bilan poytaxtimizda Respublika “Istiqbolli Avlod” ijtimoiy axborot markazi hamda Toshkent shahar Xotin-qizlar qoʻmitasi hamkorligida “Oiladagi muhabbat va oʻzaro hurmatni qadrlang!”, “16 kun zoʻravonliksiz!” mavzuida aksiya tashkil etildi.

08:56 27 Noyabr 2018
Ekspertlar: “Xalqaro hamjamiyat Oʻzbekistondagi islohotlarni ijobiy baholamoqda”

Inson salohiyatini roʻyobga chiqarishga har tomonlama koʻmaklashish, uning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida mamlakatimizda keng qamrovli ishlar amalga oshirilyapti. Oʻtgan haftada Samarqandda tashkil etilgan Inson huquqlari boʻyicha Osiyo forumi mazkur yoʻnalishdagi tashabbuslarni yangi bosqichga olib chiqdi.

18:31 26 Noyabr 2018
“Financial Times”: “Buyuk Ipak yoʻlini his qilish uchun Registon maydonida bir lahza boʻlish kifoya”

Buyuk Britaniyaning nufuzli “Financial Times” gazetasida Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyatiga bagʻishlangan maqola chop etildi.

18:18 26 Noyabr 2018
“Tomchi” — suv tejashda yordamchi ilova ishlab chiqildi

Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi hamda Axborot-resurs markazi tomonidan “Oʻzbekistonda suv resurslarini boshqarish milliy loyihasi” doirasida “Tomchi” mobil ilovasi ishlab chiqildi. Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi tomonidan begʻaraz moliyalashtirilgan mazkur ilova qulayligi bilan ajralib turadi.

18:01 26 Noyabr 2018
Oʻzbek olimi Yevroosiyo togʻ fanlari akademiyasining eng yosh akademiki boʻldi

Shu kunlarda Navoiy shahrida Yevroosiyo togʻ fanlari akademiyasi prezidium yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda akademiyaning akademik diplomlarini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

17:52 26 Noyabr 2018
“.UZ” domenida joylashgan saytlarga 308 marta xuruj uyushtirilgan

Tahlillarga koʻra, oʻtgan davrda mahalliy idoralararo axborot resurslariga xorij mamlakatlari hududidan kiberxurujlar soni oshgan. 13 mln. 111 ming 553 ta tahdidning 832 ming 995 tasi davlat organlari axborot bazasini yaroqsiz holga keltirib qoʻyish darajasida xavfli boʻlgani aniqlangan.

17:30 26 Noyabr 2018
Xalqaro mehnat tashkiloti: Oʻzbekiston bolalar va majburiy mehnatning oldini olishda ulkan yutuqlarga erishmoqda

Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Oʻzbekistonda paxta terimida majburiy mehnat keskin ravishda kamaygani, bolalar mehnati borasida esa oldingi yillarda boʻlganidek, xavotirga oʻrin qolmaganini eʼtirof etmoqda, deb yozadi OʻzA.

17:26 26 Noyabr 2018
Zulfiya mukofoti tanlovida pora soʻragan ayol qoʻlga olindi

Zulfiya nomidagi davlat mukofoti uchun oʻtkazilgan koʻrik-tanlovning Termiz shahar bosqichida nomzodni viloyat bosqichiga oʻtkazish evaziga 200 AQSH dollari soʻragan shaxs pora olayotganda qoʻlga olindi.

17:12 26 Noyabr 2018
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri Qozogʻiston Respublikasi Parlamenti Majlisi raisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikeri Nurdinjon Ismoilov boshchiligidagi parlament delegatsiyasi Qozogʻiston Respublikasida rasmiy tashrif bilan boʻlib turibdi. Tashrif dasturiga koʻra, 26 noyabr kuni delegatsiyamiz aʼzolari Qozogʻiston Parlamenti Majlisi raisi Nurlan Nigmatullin bilan uchrashdi.

17:10 26 Noyabr 2018

Yangiliklar taqvimi

Кластер