All

Inshoda yaxshi natija koʻrsatgan tarbiyasi ogʻir yoshlar hisobdan chiqarishga tavsiya qilindi

21—23-iyun kunlari Markaziy harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda Samarqand viloyatida profilaktik hisobda turuvchi, tarbiyasi ogʻir 13 nafar yoshlar bilan “Boʻlajak askar” aksiyasi oʻtkazildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

12:04 24 Iyun 2019
“Spark” sohiblari maʼlum boʻldi

Prezident sovrini uchun oʻtkazilgan “Tashabbus-2019“ koʻrik-tanlovining respublika bosqichi gʻoliblari maʼlum boʻldi.

10:48 24 Iyun 2019
Namanganda 313 nafar bitiruvchiga oltin medallar topshirildi

Bu yil viloyatdagi umumtaʼlim maktablarini 21048 nafar oʻgʻil-qiz tamomladi. Ular orasida iqtidor va isteʼdodlar bisyor. Buni, jumladan, bitiruvchilarning 313 nafari aʼlo oʻqishi va namunali xulqi uchun oltin medal, 308 nafari esa kumush medalga sazovor boʻlganida koʻrish mumkin.

10:42 24 Iyun 2019
Andijonda zamonaviy muz saroyiga tamal toshi qoʻyildi

Andijon viloyatida sportni rivojlantirish, aholi oʻrtasida ommaviylashtirish uchun avvalo, sport inshootlarini bunyod etishga kirishildi. Ana shu maqsadda 2019–2020-yillarda uchta zamonaviy Muz saroyi qurib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, ularning dastlabkisiga Andijon shahrining Iqbol mahallasida tamal toshi qoʻyildi.

10:16 24 Iyun 2019
1 mlrd 700 mln soʻmlik soliq qarzi undirildi

Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasidan soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan “Ishchi taʼminot“ MCHJning 2018-yil yakuni boʻyicha bajarilgan ishlar uchun Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etgan hisobotiga asosan soliqlar va boshqa toʻlovlari boʻyicha 1 620 591 411 soʻm qarzdorligi mavjud...

09:55 24 Iyun 2019
BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkilotining 32-hududiy konferensiyasi Oʻzbekistonda oʻtkaziladi

23-iyun kuni BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) 41-sessiyasi oldidan boʻlib oʻtgan uchrashuvlarda tashkilotning Yevropa uchun 32-hududiy konferensiyasi Oʻzbekistonda oʻtkazilishiga doir tashabbus FAO hamda 51 ta Yevropa va Osiyo mamlakatlari Qishloq xoʻjaligi vazirlari tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.

01:51 24 Iyun 2019
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ga yangi bosh direktor saylandi

Xitoy vakili Syuy Dunyuy BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO)ning yangi bosh direktori etib saylandi. FAOning Bosh qarorgohida oʻtkazilgan navbatdagi saylovda Oʻzbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.

01:47 24 Iyun 2019
“Sarhisob va istiqboldagi qadamlar”

Tadbirkor bugun jamiyatda muhim odamlardan biriga aylangan. Iqtisodning siyosatdan ustun qoʻyilishida ham ushbu sohaning qanchalik ahamiyatli ekanini koʻrishimiz mumkin.

16:23 22 Iyun 2019
Yangi lavozimdagi Norboyeva va yalpi majlisning boshqa ishtirokchilari (fotogalereya)

Oliy Majlis Senatida yigirmanchi yalpi majlis boʻlib oʻtdi.

20:18 21 Iyun 2019
Shavkat Mirziyoyev Qozogʻiston Bosh vazirini qabul qildi

Davlatimiz rahbari mehmonni qutlar ekan, Oʻzbekiston bilan Qozogʻiston oʻrtasidagi doʻstlik va strategik sheriklik munosabatlari izchil mustahkamlanib, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida oʻzaro manfaatli hamkorlik jadallashib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.

19:34 21 Iyun 2019
Buxoro viloyat hokimligi “tadbirkor”ning mulkini tortib olganmidi?

Viloyat hokimligi “Xalq soʻzi onlayn” soʻroviga koʻra, bu holat yuzasidan quyidagicha munosabat bildirdi:

19:31 21 Iyun 2019
Prezident ishtirokida Oliy Majlis Senatining yalpi majlisi boʻlib oʻtdi

Toshkentda 21-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirmanchi yalpi majlisi boʻlib oʻtdi.

19:19 21 Iyun 2019
Tramp: “Bizda Rossiya bilan ham, Xitoy bilan ham yaxshi munosabatlar boʻladi. Bu juda muhim”

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin va XXR raisi Si Szinpin bilan Yaponiyaning Osaka shahrida boʻlib oʻtadigan “Katta yigirmatalik”(G20) sammiti maydonida uchrashishini maʼlum qildi.

18:31 21 Iyun 2019
Yiliga 90 ming tonna sabzavot va boshqa mahsulotlar yetishtiriladigan Kasbi tumanida birorta qayta ishlash korxonasi yoʻq

Bu Janubiy Koreyaning “KG Networks GIS” kompaniyasi ishbilarmonlarini qiziqtirib qoldi. Sarmoya kiritib, qayta ishlash loyihalarini ishga tushirish va biznesni yoʻlga qoʻyish uchun yaxshigina maydon. Yana bir qulayligi, hududda raqobatchining oʻzi yoʻq.

18:22 21 Iyun 2019
Biriga “Treker”, ikkinchisiga “Jentra”

Yoʻq, bu safar bu mashinalar teleoʻyinda yutib olinmadi.

17:36 21 Iyun 2019
Yevropa Ittifoqi tizimidagi barcha asosiy lavozim egalari oʻzgaradi

Yevropa Ittifoqining navbatdagi sammitida Jan-Klod Yunker oʻrniga Yevrokomissiyaning yangi rahbarini saylashning imkoniyati boʻlmadi.

16:05 21 Iyun 2019
Nega koʻrgan tushimizni eslashimiz bu qadar qiyin?

Dunyoda tush koʻrmaydigan odam deyarli topilmaydi, ammo barchamiz koʻrgan tushlarimizni batafsil eslab qola olmaymiz.

16:00 21 Iyun 2019
Yoʻlovchi avtobusi YTHga uchradi. Qurbonlar ichida maktab va kollej oʻquvchilari bor

Hindistonning Ximachal-Pradesh shtatida yoʻlovchi avtobusi ishtirokida yoʻl harakati hodisasi roʻy berdi. Oqibatda 43 kishi hayotdan koʻz yumdi, 30 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Hindustan Times. Banjar shahridan Gadagushani tumaniga ketayotgan avtobus jarga qulab tushgan.

15:58 21 Iyun 2019
“Forish”da Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya harbiylari bilan hamkorlikda mashgʻulotlar oʻtkazilmoqda

28-iyun kuniga qadar Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Forish” togʻ poligonida Oʻzbekiston—Buyuk Britaniya Qurolli Kuchlari vakillari bilan hamkorlikdagi taktik mashgʻulotlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

15:56 21 Iyun 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер