All

Harbiylar oilasi eʼtibor markazida

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan “Sogʻlom turmush tarzi asoslari” mavzusida davra suhbati tashkil etilmoqda.

17:02 27 Iyun 2019
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim.

16:48 27 Iyun 2019
Prezident tabrigi: Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga

Qadrli doʻstlar! Avvalo sizni kasb bayramlaringiz - Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

14:24 27 Iyun 2019
“Xalq soʻzi“ gazetasi xodimi “Doʻstlik“ ordeni bilan mukofotlandi

Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida boʻlib oʻtayotgan tantanali tadbirda Prezidentimiz Farmoniga koʻra “Xalq soʻzi” gazetasi xodimi Oʻrol Gʻoyimov “Doʻstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

12:07 27 Iyun 2019
“Xalq soʻzi” jurnalistlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada finalgacha yetib bordi

27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan matbuot va OAV xodimlari oʻrtasida sport musobaqalari oʻtkazildi.

11:25 27 Iyun 2019
Toshkent viloyatida sanoatni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha vazifalar belgilandi

Shavkat Mirziyoyev raisligida 26-iyun kuni hududlarda sanoatni rivojlantirish, boʻsh turgan bino va yerlarda yangi loyihalarni amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.

10:21 27 Iyun 2019
“Toshkent-Tomchi” yoʻnalishida ilk parvoz amalga oshirildi

Parvozga oid marketing faoliyati AQSHning Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) Markaziy Osiyoda sayyohlikni rivojlantirish va ish oʻrinlarini yaratish borasidagi saʼy harakatlari orqali amalga oshirildi.

09:51 27 Iyun 2019
Axborot manbalarida bolalar axborot xavfsizligini taʼminlash barchamizning asosiy vazifamiz

Jahon tajribasidan maʼlumki, davlat axborot infrastrukturasining rivojlanishi barcha sohalarni, shuningdek, odamlarning dunyoqarashi va ularning ijtimoiy hayotiga jiddiy taʼsir oʻtkazadi. Bugungi kunda axborot texnologiyalari, avtomatlashtirilgan tizimlar va maʼlumotlar bazasi davlat strukturalarini, iqtisodiyotni va mamlakat xavfsizligini boshqarishning ajralmas qismi boʻlib kelmoqda.

18:02 26 Iyun 2019
Gʻoliblarni kompyuter aniqladi

Oʻzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargʻona viloyat boʻlimi 27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari hodimlari kuni munosabati bilan oʻzining fargona-jurnalist.uz internet sayti orqali toʻrt yoʻnalishda:

17:29 26 Iyun 2019
Har oilada doʻmbira boʻlsa...

Avvallari deyarli har oʻzbek xonadonida, albatta, dutor, doʻmbira, doira kabi cholgʻu asboblarining birortasi boʻlardi. Uyga mehmon kelsa yoki qaysidir quvonchli kun munosabati bilan doʻst-u ogʻaynilar bir davraga yigʻilib qolsa, tanovuldan soʻng jonli ijroda qoʻshiq, musiqa yangrardi. Ayniqsa, qish kechalari joʻshib...

16:40 26 Iyun 2019
Oʻzbekiston Respublikasining saylov kodeksi

Oʻzbekiston Respublikasining saylov kodeksi

16:16 26 Iyun 2019
Sobiq prokuror Rashidjon Qodirov qancha muddatga qamalgani maʼlum boʻldi

Bugun, 2019-yil 26-iyun kuni, jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shaxar sudi, Yunusobod tuman sudi binosida, Oʻzbekiston Respublikasining sobiq Bosh prokurori Rashid Qodirov va boshqalarga oid (jami 13 nafar shaxs) jinoyat ishi boʻyicha ayblov hukmi eʼlon qilindi.

16:12 26 Iyun 2019
Milliy gvardiya uchun harbiy vatanparvarlik yoʻnalishiga ixtisoslashtirilgan sinflarga qabul qachon va qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil etilgan ilk kunlardan boshlab, uning saflariga maʼnan boy, qadriyatlarimizga anʼana va urf-odatlarimizga sodiq, jismonan baquvvat va intellektual salohiyatli boʻlgan yoshlarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

15:27 26 Iyun 2019
Jahongir Ortiqxoʻjayev yarim tunda daraxtlarni noqonuniy kesayotganlarni shaxsan oʻzi tutib oldi (video)

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev 25-iyundan 26-iyunga oʻtar kechasidagi kuzatuv davomida Alisher Navoiy shoh koʻchasidagi “Turkiston” sanʼat saroyining old tomonida daraxtlar kesilayotganiga guvoh boʻldi.

15:22 26 Iyun 2019
Aholi Axtachidagi sement zavodidan norozi eʼtirozlar nechogʻli oʻrinli?

Andijon shahriga qadam bosgan kishi borki, Asakaga tashrif buyurishni ixtiyor etadi. Buning sabablari koʻp, masalan, kimdir necha ming yillik tarixga ega qadim shahar hayoti bilan tanishmoq istasa, yana kimdir oʻsha mashhur “Choʻntak” choyxonasida tamaddi qilishni ixtiyor etgan. Boshqa birovi esa...

15:09 26 Iyun 2019
Elektr taʼminoti korxonasi rahbariyatiga

Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasida ish boshlaganimga bir yildan sal oshib qoldi.

14:17 26 Iyun 2019
Namanganda MIB faol jurnalistlarni taqdirladi

Shu munosabat bilan tashkil etilgan marosimda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi isteʼmolchilari oʻrtasida toʻlov intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirayotgan ishlari haqida maʼlumot berildi.

13:44 26 Iyun 2019
Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni

10:01 26 Iyun 2019
Bemorlar Janubiy Koreyada davolanishadi

Buxoro shahrida oʻz shifoxonasini barpo etgan Janubiy Koreyaning “Korea medical fund Sangwon Clinik Himchan” klinikalar tarmogʻi xayrli tashabbus bilan maydonga chiqdi.

09:57 26 Iyun 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер