All

Moʻynoqda 5,7 milliard soʻmlik yopiq suzish havzasi va sport zali qurildi

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumani markazida 18x36 oʻlchamdagi zamonaviy sport zali hamda 25x11 oʻlchamdagi suzish havzasi foydalanishga topshirildi, deya xabar bermoqda OʻzA.

11:12 20 Avgust 2019
Krasnodarda YTH oqibatida oʻzbekistonlik 6 kishi jabrlandi. Ikki kishi vafot etdi

Oʻzbekistonning Rostov-Don shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasiga 2019-yilning 5-avgust kuni Krasnodar oʻlkasining Temryuk tumanida yoʻl-transport hodisasi natijasida 6 nafar Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanganlari toʻgʻrisida rasmiy xabar kelib tushdi. Ikki kishi vafot etgan, ulardan birining shaxsi aniqlanmoqda. Jarohatlangan hamyurtlarimiz kasalxonaga joylashtirildi.

11:11 20 Avgust 2019
Yerni xususiylashtirish bizga nima beradi?

Endilikda Oʻzbekiston fuqarolari oʻzlarining uylari, korxonalari va boshqa mulklari joylashgan yerni xususiylashtirib olish imkoniga ega boʻldilar.

10:47 20 Avgust 2019
Oʻzbekiston toʻlov tizimini rivojlantirishda AQSH kompaniyasi bilan hamkorlik koʻrib chiqildi

Kecha Oliy Majlis Senati Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi Alisher Kurmanovning “Visa CEMEA” kompaniyasi (AQSH) vitse-prezidenti Musheg Arakelyan boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

10:45 20 Avgust 2019
Navbatdagi zamonaviy elektrovozlar keltirilishi arafasida

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning lokomotiv parki joriy yil oxiriga qadar 3 ta, 2020-yilning birinchi choragida yana 2 ta 3ES5K elektrovozi bilan toʻldiriladi.

10:43 20 Avgust 2019
Mustaqillik bayrami munosabati bilan “Afrosiyob” zamonaviy poyezdlarida qoʻshimcha reyslar amalga oshiriladi

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi”AJ maʼmuriyati, mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligi hamda koʻp sonli yoʻlovchilarning talab va istaklarini inobatga olib, ayni kunda haftaning juma, shanba hamda yakshanba kunlari “Toshkent-Samarqand- Toshkent” yoʻnalishida yoʻlovchilarni oʻz manziliga yekazib qoʻyayotgan №764/763-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarining harakat jadvaliga oʻzgartirish...

10:42 20 Avgust 2019
Millionlarga sotilgan loyiha yoxud boshlanmasdan tugagan kinofilm

“Samarqand shahrida ilk marotaba 7 yoshdan 70 yoshgacha oʻtkir syujetli “Qabr” filmiga kinokas­ting! Shoshiling, imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

10:40 20 Avgust 2019
Yangi Bojxona kodeksi loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi

Oʻzbekiston Bojxona kodeksining yangi tahriri loyihasi muhokama uchun eʼlon qilindi. Uning amaldaginisi 2016-yilda qabul qilingan edi.

10:36 20 Avgust 2019
Bugundan boshlab tijorat banklarida naqd valyuta sotish yoʻlga qoʻyildi

Bugundan, yaʼni 20-avgustdan boshlab respublikamizdagi tijorat banklari tomonidan valyuta ayirboshlash shoxobchalarida naqd valyuta - dollar sotish yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.

10:30 20 Avgust 2019
Prezident Qoraqalpogʻistonga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish maqsadida 20-avgust kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasiga joʻnab ketdi. 

10:26 20 Avgust 2019
IIV Yangibozor tumani ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fuqaroga tan jarohati yetkazildi degan xabar boʻyicha rasmiy munosabat bildirdi

Joriy yilning 16-avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Xorazm viloyati Yangibozor tumani IIB xodimlari tomonidan jinoyat, aynan oʻgʻrilik jinoyatini sodir etishga aloqadorlikda gumon qilinayotgan fuqaro B.Sapayevga nisbatan tan jarohati yetkazilganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.

10:24 20 Avgust 2019
Nyu-Yorkda oʻzbekistonlik politsiyachi oʻgʻirlikda ayblanmoqda

Nyu-York politsiya xizmatchisi, asli buxorolik Sadoqat Maqsudova 300 dollarlik kiyim-kechakning pulini bermasdan doʻkondan chiqib ketayotganida qoʻlga olingani aytilmoqda, deb xabar berdi BBC.

10:16 20 Avgust 2019
Harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlar imtiyozi qaysi yoʻnalishga oʻtadi?

Hukumat qaroribilan Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni oʻtab, harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomalariga ega boʻlgan fuqarolarni oliy taʼlim muassasalariga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar berdi Adliya vazirligi telegramm kanali.

10:15 20 Avgust 2019
Qoʻqon universiteti tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Qoʻqon universiteti tashkil etildi.

10:14 20 Avgust 2019
Farmatsevtika faoliyati maxsus agentlik tomonidan litsenziyalanadi

Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi, deb xabar berdi “Huquqiy axborot” kanali.

10:13 20 Avgust 2019
OAV, nashriyotlar xodimlari, jurnalistlar va blogerlar oʻrtasida “MEDIA.UZ – futbol haftaligi” oʻtkaziladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda 2019-yil 23-29-avgust kunlari mamlakatimiz mustaqilligining 28 yilligiga bagʻishlab ommaviy axborot vositalari, nashriyot-matbaa korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun “MEDIA.UZ – futbol haftaligi” oʻtkazish rejalashtirilgan.

10:11 20 Avgust 2019
Umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili 4-sentyabrdan boshlanadi

Mamlakatimiz umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yili 2019-yilning 4-sentyabrdan boshlanadi.

10:09 20 Avgust 2019
Toshkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori

10:08 20 Avgust 2019
Gulnora Karimovaga qarshi yana bir jinoyat ishi qoʻzgʻatildi - Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi axboroti

Bosh prokuratura tomonidan G.Karimovaga nisbatan davlat mulkini talon-toroj qilish, Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlariga zid bitimlar tuzish hamda oʻzgalarning juda koʻp miqdordagi mulkini tovlamachilik yoʻli bilan qoʻlga kiritish holatlari yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatildi.

10:04 20 Avgust 2019
Dollar kursi 9450 soʻmgacha yetdi

20-avgust, yaʼni bugundan boshlab Oʻzbekistondagi banklar dollarni 9450 soʻmdan sotishni, 9200-9350 soʻmdan sotib olishni boshladi, deb xabar berdi Spot. Oxirgi bir kunda ushbu valyuta kursi kamida 200 soʻmga qimmatlashdi.

09:48 20 Avgust 2019

Yangiliklar taqvimi

Кластер