All

“Qaytim? Qanaqa qaytim? Bor-yoʻgʻi ellik soʻm uchun pastkashlik qilayotganiga qarang?” Yoxud halollikning bahosi bormi?

Bugun yurtimizning qaysi goʻshasiga bormaylik, yuqori darajada xizmat koʻrsatadigan ishlab-chiqarish korxonalari, katta-kichik supermarketlarga koʻzimiz tushadi. Endi savdo peshtaxtalarini toʻldirish uchun dunyoning yetti iqlimidan isteʼmol mollarini axtarib, ovora boʻlishga hojat yoʻq. Tadbirkorlarning oʻzi konserva mahsulotlaridan tortib, qandolat, salqin ichimliklargacha yuqori darajada...

14:54 11 Mart 2020
Yoshlar ittifoqi rahbari BAAning Oʻzbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Alisher Saʼdullayev Birlashgan Arab Amirliklarining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Said Matar Sulton as-Siri al-Kamzi bilan uchrashuv oʻtkazdi. Unda Oʻzbekiston va Birlashgan Arab Amirliklarining yoshlari masalalarida hamkorlik qilish boʻyicha oʻzaro fikr-mulohazalar almashildi.

14:46 11 Mart 2020
Daraxtlar ID-kartalar bilan belgilanadi 

Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasimamlakatimizdagi barcha daraxtlarni xatlovdan oʻtkazish, ularni ID-kartalar bilan belgilash hamda ularga masʼullarni aniqlab berish tashabbusi bilan chiqdi. 

14:39 11 Mart 2020
Qurilishlar tufayli Bektemir va Yashnobod tumanlaridagi qator yoʻllar vaqtincha yopildi. Shu munosabat bilan ayrim yoʻlovchi avtobuslar yoʻnalishlari ham oʻzgardi

Toshkent halqa avtomobil yoʻlining Bektemir tumanidagi qismida olib borilayotgan qurilish ishlari doirasida “Qoʻyliq somon bozori“ oraliq bekati yaqinidagi avtotransport vositalarining burilib olish qismi vaqtinchalik yopilganligi sababli, 12, 30, 45, 54, 68, 110, 117, 183-sonli avtobus yoʻnalishlarining “Qoʻyliq dehqon bozori“ oraliq...

14:25 11 Mart 2020
Yoshlar masalalari boʻyicha komissiya tuzildi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi tuzildi. Unga koʻra, quyi palataning Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi aʼzosi, OʻzLiDeP fraksiyachi vakili Abdullo Aslonov komissiya raisi etib tayinlandi.

14:08 11 Mart 2020
Ayrim vakolatlar Vazirlar Mahkamasidan Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga berilmoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham atroflicha koʻrib chiqildi.

14:05 11 Mart 2020
“Oʻzbekneftgaz“: “Uchtepa gaz koni“ rahbari ishdan olindi

Ishlab chiqarish boʻyicha Andijon viloyati Buloqboshi tumanida gaz hajmlarini oshirish va obodonlashtirish ishlari yuzasidan “Andijonneft” AJ Boshqaruvi Raisi va kasaba uyushmasi bilan birgalikda sayyor yigʻilish oʻtkazildi.

14:01 11 Mart 2020
UzautoMotors qachongacha istaganini qiladi?

Bugungi kunda isteʼmolchilar avtomashinalar narxlari koʻtarilganidan norozi. Bir yoki ikki foizga emas, birdaniga 15-20 foizga!

13:14 11 Mart 2020
Auditorlik faoliyatiga oid qonun loyihasi qizgʻin muhokamalarga sabab boʻldi

Avval xabar qilinganidek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining yalpi majlisi boʻlib oʻtmoqda. Deputatlar yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini birinchi oʻqishda muhokama qildilar.

12:17 11 Mart 2020
Turkiyada ham koronavirus bilan bogʻliq birinchi holat qayd etildi. Yevropada infeksiya yetib bormagan ikkita mamlakat qoldi

Shu tariqa koronavirus kirib bormagan Yevropaning ikki davlati qoldi. Bular — Kipr va Chernogoriya.

12:14 11 Mart 2020
“Dengiz chekinsa ham inson chekinmaydi” — Navoiydagi NNT vakillari Moʻynoqqa bordi

Muynoq tumanida olib borilayotgan ishlarga Navoiy viloyati jamoatchiligi nomidan faol munosabat bildirish, ushbu muhim jarayonga fuqarolik jamiyati instituti vakillari eʼtiborini qaratish va oʻzlarining hissalari qoʻshish maqsadida Navoiy viloyat hokimligi va Navoiy viloyat adliya boshqarmasining tashabbusi bilan ekotur tashkil etildi.

12:08 11 Mart 2020
Senator va bosh direktor oʻz tashabbusini qoʻllab, ellik nafar ishsiz yoshni ish bilan taʼminlash vazifasini zimmasiga oldi, boshqa rahbarlarni ham shunga chaqirdi

Xalq deputatlari Zarafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi, NKMK Bosh direktori Quvondiq Sanaqulov kun tartibidagi dolzarb masala – yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha oʻz munosabatini bildirib, shaharning 763 nafar ishsiz yoshni deputatlar va tashkilot-korxona rahbarlariga nomma-nom...

12:04 11 Mart 2020
Oʻzbekiston Respublikasiiing maʼmuriy-hududiy tuzilishi masalalari deputatlar eʼtiborida

Ayni paytda parlament quyi palatasining navbatdagi majlisi qizgʻin bahs-munozara va fikrlar qarama-qarshiligida oʻtmoqda. Xususan, “Oʻzbekiston Respublikasiiing maʼmuriy-hududiy tuzilishi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi xalq vakillari tomonidan birinchi oʻqishda koʻrib chiqilyapti. Uni Agrar va suv xoʻjaligi masalalari qoʻmitasi raisi Ravshan Mamutov deputatlar eʼtiboriga...

11:52 11 Mart 2020
AQSHdagi eng katta masjid imom-xatibi: Oʻzbekistonda eʼtiqod erkinligini taʼminlash sohasidagi islohotlar faol davom ettirilmoqda

Oʻtgan yil noyabr oyida Oʻzbekistonga AQSH, Buyuk Britaniya, Shvetsiya, Pokiston, Kambodja, Ukraina va Qozogʻistondan 40dan ortiq dinshunos olimlar, huquq va din sohasidagi xalqaro ekspertlar, konfessiyalar yetakchilari va ijtimoiy faol ayollardan iborat delegatsiya tashrif buyurgandi. Ular ushbu safar chogʻida Toshkent va...

11:45 11 Mart 2020
Tokio Olimpiadasi bekor qilinishi yoki bir yoki ikki yilga qoldirilishi mumkin

Bu jahon miqyosida koronavirus infeksiyasini tarqalishi bilan bogʻliq.

11:45 11 Mart 2020
Talaba dardi: “Qachongacha tadbirlarda fon boʻlamiz?”

“Bugun soat 20:00da Zoʻr TVda “Boriga baraka ” koʻrsatuvi boʻlib oʻtadi. Shunga guruh talabalarining hammasi tomoshaga borishi shart.” Bunga oʻxshash xabarlar koʻp qulogʻimizga chalinadi. Baʼzida bu xabarlardan biroz ranjiymiz, chunki darsdan keyingi boʻsh vaqtimizga rejalashtirilgan ishlar bizni kutayotgan boʻladi-da. Ammo…

11:29 11 Mart 2020
Xavfsizlik talablariga yetarlicha rioya qilinmayapti

Toshkent viloyati Qibray tumani Solar shaharchasi Mirzo Ulugʻbek nomidagi mahalla fuqarolar yigʻinida aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish hamda gaz-havo aralashmasi chaqnashi (portlash) bilan bogʻliq baxtsiz hodisalarning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv boʻlib oʻtdi.

10:34 11 Mart 2020
3 bokschimiz finalda, Tursunoy Rahimova esa Olimpiada litsenziyasi uchun ringga koʻtariladi

Bugun Iordaniyaning Amman shahrida boks boʻyicha Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanma beruvchi musobaqa oʻz yakuniga yetadi. Turnirning soʻnggi kun dasturidan final va Olimpiada litsenziyasi uchun kechadigan bahslar oʻrin olgan.

10:29 11 Mart 2020
“Adolat” SDP deputatlari auditorlarni majburiy aʼzolik balosidan saqlab qolmoqchi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Adolat” SDP fraksiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda bir qator qonun loyihalari qatori “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ham koʻrib chiqildi.

10:21 11 Mart 2020
Rossiyalik ekspert: «Oʻzbekiston Markaziy Osiyodagi vaziyatni belgilab beruvchi davlatdir»

​​​​​​​Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ­Oʻzbekiston olib ­borayotgan faol tashqi siyosat va tizimli diplomatiya xorijlik ­ekspertlar tomonidan yuksak baholanmoqda. Xususan, Rossiya ­xalqaro ishlar boʻyicha kengashi rasmiy veb-saytida eʼlon ­qilingan “Oʻzbekiston izolyatsiyadan mintaqaviy yetakchilik sari” maqolada ushbu mavzu keng yoritilgan.

10:12 11 Mart 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер