Talaba dardi: “Qachongacha tadbirlarda fon boʻlamiz?”

11:29 11 Mart 2020 Jamiyat
2057 0

Illyustrativ foto

“Bugun soat 20:00da Zoʻr TVda “Boriga baraka ” koʻrsatuvi boʻlib oʻtadi. Shunga guruh talabalarining hammasi tomoshaga borishi shart.” Bunga oʻxshash xabarlar koʻp qulogʻimizga chalinadi. Baʼzida bu xabarlardan biroz ranjiymiz, chunki darsdan keyingi boʻsh vaqtimizga rejalashtirilgan ishlar bizni kutayotgan boʻladi-da. Ammo…

Bu holat boshqa taʼlim muaassasalarida ham uchrab turadi. Biz-ku mayli, har xolda kelajakda egallaydigan kasbimiz ham shuni taqozo qiladi. Lekin boshqa, bu sohaga umuman aloqasi va qiziqishi boʻlmagan taʼlim dargohlarida tahsil olayotgan talabalarning jalb qilinishi baʼzida norozichiliklarga sabab boʻlishi tabiiy. Boʻlyapti ham.
Tadbir, turli koʻrsatuvlar hamda shoularda ishtirok etish yaxshi. Bu talabalar hamda oʻquvchilarning fikrlash doirasini oʻstirishga, kun yangiliklari bilan tanishishga, odamlar bilan muomala qilishga oʻrgatadi. Ammo yoshlarni oʻzi qiziqmagan koʻrsatuv, shoularga olib borib, fon qilib qoʻyish devorga gapirgan bilan barobar. Bunday yuzaki ish bilan koʻzlangan maqsadga erishish qiyin. Shu jumladan, hozirda shaxsiy telekanallarda efirga uzatilayotgan koʻrsatuvlarning baʼzilari umuman yoshlar tarbiyasiga toʻgʻri kelmaydi. Ayniqsa, mana shunday koʻrsatuvlarga borish qimmatli vaqtni arzon narsalarga sarflash bilan barobardir.

Murodjon RAHMATOV,

OʻzJOKU talabasi

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер